Avran
(Safroo‘tdan yoʻnaltirildi)
Avran, safrooʻt (Gratiola) – sigirquyruqdoshlarga mansub oʻtlar turkumi. 24 turi bor. Asosan Yevropa, Kichik Osiyo, Sibir va Shimoliy Amerikaning botqoq yerlarida tarqalgan, Oʻzbekistonning Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida (ariq boʻylarida, sholikorlik va boshqa zax yerlarda) uchraydi. Ayrim turlari (mas, dorivor A.)ning ildizida ich suruvchi, qustiruvchi, siydik haydovchi xususiyatga ega moddalar bor. Avran zaharli oʻsimlik hisoblanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |