Saharin
Saharin (o sulfobenzoy kislota imidi) — rangsiz, shirin taʼmli kristall modda. Mol. m. 183,25. Suyuqlanish temperaturasi 224—226°, suvda oz eriydi. Suv qoʻshib qaynatilsa, bemaza modda — o sulfamidbenzoy kislota hosil boʻladi. Metallar bilan tuz hosil qiladi. Ishuriy metalli tuzlari suvda yaxshi eriydi S. natriyli tuzining 3 molekula suvli kristallogidrati shakardan 400—500 marta shirin; tish pastalari, baʼzi atirupa mahsulotlarini shirin taʼmli qilish uchun ishlatiladi. S. otoluolsulfoamidni KMpO4 bilan oksidlash usulida olinadi. Organizmda hazm boʻlmaydi, siydik bilan chiqib ketadi. Diabet bilan kasallanganlar ovqatiga shakar oʻrniga qoʻshib beriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |