Sahn (arabcha: صَحْن) – islom meʼmorchiligida hovli, ayniqsa, masjid hovlisiga nisbatan qoʻllaniladigan atama[1][2][3]. Aksariyat anʼanaviy masjidlarda katta markaziy sahn mavjud boʻlib, har tomondan rivaq yoki arkada bilan oʻralgan boʻladi. Anʼanaviy islomiy dizaynida yaratilgan turar-joylar va mahallalarda shaxsiy sahnlar boʻlishi mumkin.

Tunisdagi rivaq (arcada) bilan oʻralgan Uqba masjidining katta sahni

Sahn Islom dunyosidagi diniy binolar va turar-joylarda keng tarqalgan element hisoblanadi. Rohiblar cherkovi Yevropa oʻrta asr meʼmorchiligi va diniy binolarida sahnning ekvivalentidir.

Etimologiyasi

tahrir

Sahn (صَحْن) soʻzi arabcha tildan olingan boʻlib, hovli degan maʼnoni anglatadi[4].

Tarixi

tahrir

Dastlab sahn turar-joy binolari uchun majmua devorlari ichida xavfsiz va shaxsiy muhit sifatida qurilgan. Shumerning Ur shahrida uchinchi Ur sulolasi davriga oid (miloddan avvalgi 2100–2000) sahn xarobalari topilgan.

Koʻpgina masjid hovlilarida (sahn) jamoat foydalanishi mumkin boʻlgan favvora mavjud boʻlib, u yerda musulmonlar namozdan oldin tahorat olishlari mumkin[5]. Milodiy 706-yilda Damashqda qurilgan Umaviylar masjidi[6] islom meʼmorchiligiga oid sahnning eng qadimgi namunasi mavjud. Masjidning uzunligi 122,5 metr, eni 50 metr boʻlgan toʻrtburchak shakldagi hovlisi uch tomondan ustunli ayvon (rivaq) bilan oʻralgan[7].

Umaviylar masjidi hovlisining sharqdan gʻarbga qarab koʻrinishi

Islom meʼmorchiligida shahndan foydalanish XX asr oʻrtalariga qadar davom etgan, keyinchalik zamonaviy arxitektura islom madaniyatlarining turar-joy va jamoat binolari dizayniga taʼsir qila boshlagan.

Turlari

tahrir

Masjid dizayni

tahrir
 
Tehrondagi masjidning kichik sahni, favvorali hovuzi va gumbazli rivaqi

Deyarli har bir tarixiy yoki anʼanaviy masjidda sahn mavjud. Ushbu elementdan Oʻrta Sharq mamlakatlari masjidlarida foydalanish koʻpchilik islomiy mamlakatlarning masjid namunalarida uchraydi.

Anʼanaviy masjid sahnlari har tomondan rivaq bilan oʻralgan. Ular, shuningdek, tahorat va ichimlik suvi uchun oqar favvoralar, masalan, hovuz kabi favvorali suv havzalarini oʻz ichiga oladi.

Masjid va boshqa turar-joy binolarida sahnning boʻlishi diniy jihatdan taʼqiqlanmagan, ammo sahn qurish anʼanasi, ayniqsa, XX asrdan keyin yoʻqola boshlagan.

Turar-joy dizayni

tahrir
 
Hindistonning Mandu shahridagi Baz Bahodir saroyidagi sahn

Odatda, uyning asosiy kirish joyi toʻgʻridan-toʻgʻri sahnga olib kelmaydi. Unga majaz (arabcha: مجاز; mağāz) deb ataladigan yoʻlak orqali boriladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Mosque“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture M. Bloom: . Oxford University Press, 2009. ISBN 9780195309911. 
  2. Petersen, Andrew. Dictionary of Islamic architecture. Routledge, 1996 — 247-bet. ISBN 9781134613663. 
  3. „The Mosque“. metmuseum.org. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  4. Bandyopadhyay, Soumyen; Sibley, Magda (July 2002). "The Distinctive Typology of Central Omani Mosques: Its Nature and Antecedents.". Proceedings of the Seminar for Arabian Studies 33 (33): 99–116. https://www.jstor.org/stable/41223756. Qaraldi: 5 March 2021. Sahn]]
  5. „The Mosque“. The Metropolitan Museum of Art. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  6. Grafman and Rosen-Ayalon, 1999, p. 7.
  7. „Umayyad Mosque“. Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.