Said Husejinović (talaffuzi: Said Huseyinovich; 1988-yil 13-mayda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sloboda Tuzla“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Said Husejinović
Husejinović Werder Bremen bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Said Husejinović
Tavallud sanasi 13-may 1988-yil (1988-05-13) (35 yosh)
Tavallud joyi Zvornik, Yugoslaviya SFR
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sloboda Tuzla
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2006 Sloboda Tuzla
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2008 Sloboda Tuzla 47 (21)
2008-2011 Werder Bremen 10 (0)
2009Kaiserslautern (ijara) 4 (0)
2012 Sarajevo 23 (7)
2013-2016 Dinamo Zagreb 24 (3)
2015Lokomotiva (ijara) 3 (0)
2016Dinamo Zagreb II 2 (0)
2016-2018 Sarajevo 14 (2)
2018-2019 Sloboda Tuzla 29 (3)
2019 Tuzla City 16 (1)
Milliy terma jamoa
2006-2008 Bosniya va Gersegovina U21
2008 Bosniya va Gersegovina 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 20-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Werder Bremen tahrir

2008-yilning 1-iyulida „Werder“ „Sloboda Tuzla“ dan Husejinovićni 900 000 yevro evaziga sotib olganini eʼlon qildi[1]. 2009-yil 17-yanvarda Husejinović 1. FK Kaiserslauternga mavsum oxirigachaga ijaraga berildi.

Sarajevo tahrir

2012-yil 26-iyulda UEFA Yevropa Ligasi doirasida Bolgariyaning Levski Sofia jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. Bosniyaliklar ikkala oʻyinda umumiy 3:2 hisobi bilan keyingi bosqichga yo‘l olishdi[2].

Dinamo Zagreb tahrir

2012-yil dekabr oyining oxirida SSKA Sofia bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, lekin Sofia oʻrniga 2013-yil yanvar oyi boshida Zagrebning Dinamo klubiga oʻtdi[3]. 2013-yilning oktyabr oyida RNK Splitga qarshi oʻyinda jarohat oldi. 2014-yilning mayigacha maydonga tusha olmadi. Jarohatdan soʻng 2015-yilda Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga ijaraga berildi[4] va 2016-yilda qisqa muddat Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻynadi.

Sarajevo tahrir

Zagrebda koʻp oʻynay olmaganligi uchun Husejinović klubni tark etdi va sobiq jamoasi Sarajevo bilan shartnoma imzoladi[5]. 2 yildan soʻng 2018-yilda klubni tark etdi[6].

Sloboda Tuzla tahrir

2018-yilning 1-iyulida Husejinović Sloboda Tuzla bilan shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilning 15-iyunida shartnomasi muddati tugaganidan keyin Slobodani tark etdi[8].

Slobodadagi faoliyati davomida Husejinović 2018—2019-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilardan biri boʻlgan. Liganing 29 oʻyinida va barcha musobaqalarda 31 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Tuzla City tahrir

2019-yil 17-iyun kuni Husejinović Tuzla City bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9]. Tuzla City safidagi rasmiy debyutini 2019-yil 20-iyul kuni safarda „Zvijezda 09“ga qarshi (1:5) oʻtkazdi[10]. Husejinović „Tuzla City“ safidagi ilk golini liga o‘yinida, 2019-yil 15-sentabrda „NK Široki Brijeg“ga qarshi safarda (1:3) kiritdi[11].

2019-yil 11-dekabrda Tuzla City va Husejinović shartnomani o‘zaro bekor qilishga qaror qilishdi[12].

Sloboda Tuzlaga qaytish tahrir

2020-yil yanvar oyida Husejinović faoliyatida ikkinchi marta Sloboda Tuzlaga qaytishga qaror qildi[13]. 2020-yilning 12-avgustida „Mladost Doboj Kakanj“ga qarshi liga o‘yinida „Sloboda“ga qaytganidan keyin ilk golini kiritdi[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Husejinović Bosniya va Gersegovina U21 terma jamoasida oʻynagan.Terma jamoasi safida 2008-yilning mart oyida Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Jami 2 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo birorta ham gol urmagan. Terma jamoadagi 2-oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi boʻlgan[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubda tahrir

20-mart, 2021-yil holatiga koʻra[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Superkubok Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Werder Bremen 2008—2009 Bundesliga 3 0 0 0 0 0 3 0
2009—2010 Bundesliga 3 0 0 0 0 0 3 0
2010—2011 Bundesliga 4 0 0 0 0 0 4 0
Jami 10 0 0 0 0 0 10 0
Kaiserslautern (ijara) 2008—2009 2. Bundesliga 4 0 0 0 4 0
Sarajevo 2011—2012 Bosniya Premyer-ligasi 8 4 0 0 0 0 8 4
2012—2013 Bosniya Premyer-ligasi 15 3 3 0 6 2 24 5
Jami 23 7 3 0 6 2 32 9
Dinamo Zagreb 2012—2013 1. HNL 10 2 0 0 0 0 0 0 10 2
2013—2014 1. HNL 12 1 2 0 1 0 7 0 22 1
2014—2015 1. HNL 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2015—2016 1. HNL 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 24 3 2 0 1 0 7 0 34 3
NK Lokomotiva (ijara) 2015—2016 1. HNL 3 0 1 1 0 0 4 1
Dinamo Zagreb II 2015—2016 2. HNL 2 0 0 0 2 0
Sarajevo 2016—2017 Bosniya Premyer-ligasi 9 1 6 2 15 3
2017—2018 Bosniya Premyer-ligasi 5 1 0 0 0 0 5 1
Jami 14 2 6 2 0 0 20 4
Sloboda Tuzla 2018—2019 Bosniya Premyer-ligasi 29 3 2 0 31 3
Tuzla City 2019—2020 Bosniya Premyer-ligasi 16 1 0 0 16 1
Sloboda Tuzla 2019—2020 Bosniya Premyer-ligasi 3 0 3 0
2020—2021 Bosniya Premyer-ligasi 21 4 0 0 21 4
Jami 24 4 0 0 24 4
Jami faoliyati 149 20 14 3 1 0 13 2 177 25


Xalqaro tahrir

15-dekabr, 2007-yil holatiga koʻra[16]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2007-yil 1 0
Jami 1 0

Yutuqlari tahrir

Werder Bremen

Dinamo Zagreb

Maʼlumotnomalar tahrir

  1. Lokalfenster. „Said Huseinovic wechselt zu Werder“ (German) (2008-yil 1-iyul). 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-iyul.
  2. „Said Husejinović match log“. soccerway.com (2012-yil dekabr). Qaraldi: 2012-yil 28-dekabr.
  3. „ЦСКА ще съди Хюсеинович, действал непрофесионално“ (Bulgarian). topsport.bg (2013-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  4. Said Husejinović će do zime „brusiti“ formu u Lokomotivi at klix.ba, 24 August 2015
  5. Veliko pojačanje na Koševu: Said Husejinović se vratio u FK Sarajevo at klix.ba, 17 June 2016
  6. Zvanično: Husejinović, Novaković i Altiparmakovski napuštaju FK Sarajevo at klix.ba, 8 June 2018
  7. Said Husejnović dogovorio sve uslove sa Slobodom, potpis ugovora 1. jula at klix.ba, 25 June 2018
  8. A. Pašić. „Husejinović napustio Slobodu“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 15-iyun). Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  9. D.B. „Said Husejinović novi igrač Tuzla Cityja“ (Bosnian). Klix.ba (2019-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  10. M. Šljivak. „FK Tuzla City pregazio FK Zvijezda 09“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
  11. R. Pašić. „Veliki preokret FK Tuzla City na Pecari za prvo mjesto na tabeli!“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
  12. M. Šljivak. „Said Husejinović i FK Tuzla City dogovorili sporazumni raskid saradnje!“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 11-dekabr.
  13. A. Čaušević. „Said Husejinović blizu povratka u staro jato“ (Bosnian). sportsport.ba (2020-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
  14. E. Čaušević. „Husejinović doveo Slobodu u prednost u samom finišu prvog dijela“ (Bosnian). sportsport.ba (2020-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  15. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  16. 16,0 16,1 „S. Husejinović: Summary“ (en). Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.