Amirali Saidbekov
(Saidbekov Amiralidan yoʻnaltirildi)
Amirali Saidbekov (1920.15.5, Fargʻona viloyati Rishton tumani – 1945.8.4, Polsha, Ribnik shahri) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1939–40 yillardagi Sovet-Finlandiya urushi qatnashchisi. 1941-yil iyundan 325-gvardiyachi oʻqchi polkning rota komandiri, gvardiyachi katta leytenant. 1945-yil 8- aprelda boʻlgan jangda marrani mohirlik bilan saqlab, jasorat koʻrsatgan va shu jangda halok boʻlgan. 1945-yil 29-iyunda (oʻlimidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Fargʻonadagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi Sarikanda qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |