Muxtorjon Saidjonov
Muxtorjon Yoʻldoshevich Saidjonov (1893, Buxoro 1937-yil 25-oktyabr, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik harakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK aʼzosi (1917-yildan). Kolesov voqeasidan soʻng, Yosh buxoroliklardan ajralib chiqqan. BXSR ichki ishlar noziri (1920-yil sentabr — 1921-yil may; 1922-yil mart 1923-yil avgust), davlat nazorati noziri (1920-yil noyabr 1921-yil may), BXSRning RSFSR hukumati huzuridagi maxsus vakili (1921-yil may — 1922-yil mart), BXSR MIK masʼul kotibi (1923-yil avgust — 1924-yil oktabr). "Milliy ittihod" tashkilotining Buxoro shoʻʼbasida faoliyat koʻrsatgan (1920—22). Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgach, Zarafshon okrug ijroiya qoʻmitasi raisi (1925). "Oʻn sakkizlar guruhi"ning faol ishtirokchisi sifatida VKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosining Oʻzbekistondagi faoliyatini keskin qoralaganligi uchun 1925-yil oxirida lavozimidan olib tashlandi. Keyinchalik "Oʻzbekkino" tresti boshqaruvchisi (1936-yilgacha). Sobiq sovet rejimi tomonidan qamoqqa olinib (1937-yil 20 mart), akasi Musojon Saidjonov va buxorolik boshqa milliy rahbarlar bilan birgalikda (jami 17 kishi) otib tashlangan. 1965-yil 2 dekabrda oqlangan.
Adabiyot
tahrir- Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ergashev B. X., Ideologiya natsionalnoosvoboditelnogo dvijeniya v Buharskom emirate, T., 1991; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |