Saidkomil Umarov
Saidkomil Hamroyevich Umarov (2-noyabr 1946-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000), "El yurt xurmati" ordeni sohibi (2014)[1].
„Oʻzbekfilm“ qoshidagi kinoakterlar tayyorlash studiyasini (1970), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1971) tugatgan. „Ajal minorasi“ (A.Dyuma) spektaklida akauka Gotye D’one va Filipp D’onelar uning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. U obraz yaratishda asosiy diqqatni psixologik taxlilga karatadi. Yaratgan obrazlari badiiy yaxlitligi, qahramonlarining yuqori maʼnaviy fazilatlarini, dunyoqarashini, insoniy histuygʻularini nozik his qila bilishi va taʼsirli ifodalay olishi bilan ajralib turadi. Teatrda „Gang daryosining qizi“da Okxoʻy, „Qaroqchilar“da Karl Moop, Shvars, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da Hakim, „Sohibqiron“da Sulton Boyazid, „Abulfayzxon“da Ulfatsaroy, „Zebunniso“da Roziy, „Otello“da Kassio, „Qutlugʻ qon“da Salimboyvachcha, „Istanbul fojiasi“da Iskandar, „Shayton va Farishta“da Qobil, „Bir qadam yoʻl“da Shokir, „Sabʼai sayyor“ da Moniy kabi rollari bilan tanilgan. U. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Elmurod („Oy borib, omon qayt“), Mirkomil Mirsharopov („Uzoqyaqin yillar“), Samandar („Qor koʻynida lola“), Gasprinskiy („Fidoiylar“) va boshqa shular jumlasidan. Mulla Abdushukur („Qutlugʻ qon“), Navoiy („Navoiy va Guli“), Meʼmor Fazliddin („Bobur“), Miryoqub („Kecha va kunduz“), Chernishevskiy („Yosh Rossiya“), Elmurod („Oʻqituvchi“) kabi rollarni esa televizion videofilmlarda oʻynagan.[2]
Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2010 | Jiyda guli | Azim Joʻrayevich, Murodning ustozi | |
2023 | Abdulla Oripov | ||
Manbalar
tahrir- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |