Saidmalik Akbarovich Azimov (1946.10.7, Toshkent) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Toshkent davlat pedagogika institutining defektologiya fakultetini tugatgan (1980). Mehnat faoliyatini 1965-yildan boshlagan. 1972-yildan Yunusobod tumanidagi 104-maxsus maktab-internatning mehnat ta’limi oʻqituvchisi. Azimov darslarni tashkil etishda turli uslublarni qoʻllaydi. Defektologiya boʻyicha ilmiy va amaliy kon-ferensiyalar qatnashchisi. Respublika mehnat ta’limi ustaxonalari koʻrigida 1-oʻrinni egallagan (1991). Respublika ta’lim markazi huzuridagi defektologiya ilmiy metodika kengashi a’zosi. Bir qancha oʻquv-metodik adabiyot va dasturlar mual-lifi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil