Saiyoralararo avtomatik stansiya

Sayyoralararo avtomatik stansiya — sayyoralararo kosmik fazoni, Oy hamda sayyoralarni tadqiq etish va osmon jismlariga ilmiy apparatlarni olib chiqish uchun moʻljallangan kosmik uchish apparati. Apparat bortiga turli ilmiy asboblar oʻrnatiladi. Ularning oʻlchash natijalari radiosistemalar yordamida Yerga uzatiladi. Osmon jismlari sirtlari tasvirini Yerda qabul qilish uchun televizion sistemadan foydalaniladi. Saiyoralararo avtomatik stansiyas. bortidagi asboblar energiyani quyosh batareyasidan oladi. Baʼzi Saiyoralararo avtomatik stansiyaslarda qoʻnish apparatlari bor. Bu apparatlar yordamida ular boshqa sayyoralar sirtiga ("Venera3" — "Venera7", "Viking1" va 2") yoki parvozdan qaytgach, Yerga ("Zond5" — "Zond7") yumshoq koʻna olgan.

1972-yil AQSH gigant sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini tadqiq etish maqsadida yangi ilmiy tadqiqot dasturini ishlab chikdi. Bu dastur boʻyicha 1972-yilda uchirilgan "Pioner10" st-yasi Yupiter sayyorasi yaqinidagi asteroidlar mintaqalarini birinchi marta uchib oʻtib(Yupiterni tadqiq qilgan) va 3kosmik tezlik bilan Quyosh sistemasi chegarasidan chiqib ketgan (1987). 1973-yilda uchirilgan "Pioner11" st-yasi Saturn sayyorasidan uchib oʻtib, Quyosh sistemasi chegarasidan chiqib ketgan (1993).

Saiyoralararo avtomatik stansiyas. yordamida Venera sayyorasi va kosmik fazo oʻrganildi ("Venera"), Mars tadqiq qilindi ("Viking"), Yupiter, Saturn hamda ularning yoʻldoshlari tekshirildi ("Voyajer"), kosmik fazoni oʻrganish va uzoq kosmik masofalarga parvoz qilish texnikasi takomillashtirildi. Oyning teskari tomoni suratga olindi hamda Yer — Mars orasidagi kosmik fazo oʻrganildi ("Zond"), Oy tadqiq qilindi va unga apparatlar qoʻndirildi hamda Yerga Oy tuprogʻi keltirildi (Luna), Venera, Mars, Merkuriy sayyoralari va kosmik fazo tadqiq qilindi ("Mariner"), Mars va kosmik fazo oʻrganildi, Mars atmosferasi, sirtqi qatlamining temperaturasi, suv bugʻi oʻrganildi, suratlari olindi ("Mars") va unga yumshoq qoʻndirildi. Oy sirtining relyefi haqida teletasvirlar Yerga uzatildi va unga avtomatik stansiya yumshoq qoʻndirildi ("Reynjer"), Oy tuprogining kimyoviy tarkibi oʻrganildi ("Serveyer"). Amerikaning 2004-yil 4 yanvarda Marsga tushirilgan Marsda harakatlanuvchi "Spirit" ("Spirit") Saiyoralararo avtomatik stansiyas.si 200 dan ortiq rangli suratlarini Yerga uzatdi, Marsdagi jinslarni tahlil qiladi (yana qarang Sayyoralar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil