Sakariya — Turkiyaning shim.gʻarbiy qismidagi daryo. Uzunligi 790 km, havzasining maydoni 65 ming km². Anadolu yassitogʻligidan boshlanib, Qora dengizga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 200 m³/sek., qishda toshadi. GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi. S. boʻyida Adapazari sh. joylashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil