Sakkulina (Sacculina carcini) -umurtqasiz hayvonlarning ildizboshlilar kenja turkumiga mansub parazit dengiz hayvoni. Gavdasi xaltacha koʻrinishida boʻlib, ildizsimon oʻsiqlari bor. Bu oʻsiqlar krab tanasiga teshib kiradi. S. tuxumidan olti oyokli lichinkalar — nauplius rivojlanadi. Lichinkalar 4—5 kundan soʻng ikki tavaqali chiganoqqa oʻraladi va parazit hayot kechirishga oʻtadi. Bu vaqtda ular tana va chigʻanogʻini tashlab yuboradi. Qolgan bosh qismi krabga oʻsib kiradi va undan voyaga yetgan germafrodit (qarang Germadrofitizm) individ rivojlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil