Saksin — Volga daryosining quyi oqimi boʻyidagi oʻrta asr shahri. Arab geograflari (X—XIV asrlar) tomonidan katta savdo shahri sifatida qayd etilgan. Aniq joylashgan yeri nomaʼlum. Baʼzi olimlar uni ilgari Itil shahri bilan qiyoslasalar, boshqalari uni SaroyBotu yoxud SaroyBerka oʻrnida boʻlgan deb biladilar. Saksin Itildan soʻng Xazar xoqonligining poytaxti boʻlgan. XI asrda vayron qilingan. XII asrda qaytatiklangan va XIV asrda ham mavjud boʻlgan. Saksin va Bulgʻordan xorijiy mamlakatlarga moʻyna chiqarilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil