Salamis (grekcha: Σαλαμίνα yoki Σαλαμίς) - Afina yaqinidagi Gretsiyadagi Saronik ko'rfazidagi Saron orollarining eng kattasi hisoblanadi. Orolning maydoni 91,503 kvadrat kilometrni tashkil etadi . Aholisi 2011-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 39 283 kishi[1] tashkil etgan. Attikaning chetidagi orolning periferik birligidagi bir xil nomdagi jamiyatiga kiritilgan. Jamiyatning ma'muriy markazi - Salamis shahri hisoblanadi.

Salamis oroli xaritasi.

Tarixi tahrir

Miloddan avvalgi 7—6 asrlarda orolga egalik qilish uchun Afina va Megara o'rtasida uzoq davom etgan kurash mavjud edi.

Salamisda antik davrning eng mashhur janglaridan biri bo'lib o'tdi, unda miloddan avvalgi 480-yilda yunonlar Themistocles qo'mondonligi ostida Fors flotini mag'lub etishdi.

Salamis, Troyan urushida Salamisni boshqargan Gomer qahramoni Ayaks oroli sifatida ham tanilgan.

Iqtisodiyot tahrir

Bu Perama - Pirey mintaqasining mehnatkash aholisi uchun yozgi uy, chet ellik sayyohlar bu yerda kamdan-kam mehmon bo'lishar edi. Kinosuraning shimoli-sharqiy qismi savdo kemalarini dam olish va ta'mirlash uchun joy bo'lib xizmat qilar edi. U shuningdek baliqchilk markazi, bog'dorchilik, asosan pistachilik rivojlangan edi. Salamis ham Gretsiya dengiz flotining asosiy bazasi bo'lib xizmat qilgan.

Transport tahrir

Salamis oroli materikdagi Pirey mintaqasi bilan parom suzuvchi inshoati orqali savdo aloqa qilar edi.. Orolning shimolidan o'tib, Afinaga chiqish mumkin edi.

Taniqli mahalliy aholi tahrir

Lembesis, Polychronis (1848—1913), yunon rassomi, Myunxen maktabi deb ataladigan tashkilot vakili.

Teodoros Pangalos (1878—1952), general, Bolqon va Birinchi jahon urushi va Kichik Osiyo kampaniyasi ishtirokchisi, siyosatchi, 1925—1926-yillarda Gretsiya diktatori.

Shuningdek tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyot tahrir

  • Обнорский Н. П. Саламин // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1900. — Т. XXVIIIa. — С. 113.
  • Αντιπλοίαρχος (Ο) Αθ. Τσιλιβίγκος ΠΝ. Σαλαμίνα, Μονή Φανερωμένης και ο Πρώτος Ναύσταθμος 1878—1881. Ίανθος, 2005. 
  • „Σαλαμίνα“,Πάπυρος Λαρούς Μπριτάννικα, 1996 — 74 bet. 
  • Μ. Παλέρμου. Η Σαλαμίνα μέσα από το πέρασμα των αιώνων (греч.) // Έρευνα. — 2001. — Ιούλιος. — Σ. 83—84.
  • Τ. Καραντής. Οι Αρβανίτες και τα Αρβανίτικα στη Σαλαμίνα (греч.) // Έρευνα. — 2001. — Ιούλιος. — Σ. 39.
  • Θ. Παντελή. Σαλαμίνα. Πορεία μέσα στο χρόνο. Ιωλκός, 2003 — 88 bet. 
  • Σ. Καργάκου. Γενική Ιστορία. Gutenberg, 1976 — 565 bet.