Salavat Yoʻloy oʻgʻli (1752.5.6, Takay qishlogʻi, hozirgi Boshqirdiston Respublikasi, Salavat r-ni — 1800.26.9, Rogervik, hozirgi Paldiski sh., Estoniya) — boshqird xalqining milliy qahramoni, badihagoʻy shoir. Dehqonlar urushi qatnashchisi (1773—75). Ye. Pugachov safdoshi. Volost oqsoqolining oʻgʻli. 1773-yilning kuzida Pugachovga qarshi kurashga yuborilgan. Pekin, SYU. 2 minglik otryadi bilan qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan. Oʻzini iqtidorli tashkilotchi va capkarda ekanligini namoyon qilgan. 1773-yilning oxirida Boshqirdistonning shim.sharqida 10 minglik otryad toʻplab Krasnoufimsk va Kungur r-nlarida qator muvaffaqiyatli janglar oʻtkazgan. 1774-yil noyabda asir olingan. 1775-yil sent.da otasi (dehqonlar urushi qatnashchisi) bilan birgalikda Boltiqboʻyidagi Rogervik qalʼasiga umrbod katorgaga hukm qilingan. S.Yu. poeziyasi boshqird ogʻzaki sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Boshqirdistondagi r-n, shaharga nomi berilgan va Davlat mukofoti taʼsis etilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil