Salavat Yoʻloy oʻgʻli (boshqirdcha: Салауат Юлай улы, 1752.5.6, Takay qishlogʻi, hozirgi Boshqirdiston Respublikasi, Salavat rayoni — 1800.26.9, Rogervik, hozirgi Paldiski sh., Estoniya) — boshqird xalqining milliy qahramoni, badihagoʻy shoir. Dehqonlar urushi qatnashchisi (1773—75). Ye. Pugachov safdoshi. Volost oqsoqolining oʻgʻli. 1773-yilning kuzida Pugachovga qarshi kurashga yuborilgan. Pekin, SYU. 2 minglik otryadi bilan qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan. Oʻzini iqtidorli tashkilotchi va capkarda ekanligini namoyon qilgan. 1773-yilning oxirida Boshqirdistonning shim.sharqida 10 minglik otryad toʻplab Krasnoufimsk va Kungur rayonlarida qator muvaffaqiyatli janglar oʻtkazgan. 1774-yil noyabda asir olingan. 1775-yil sentabrda otasi (dehqonlar urushi qatnashchisi) bilan birgalikda Boltiqboʻyidagi Rogervik qalʼasiga umrbod katorgaga hukm qilingan. S.Yu. poeziyasi boshqird ogʻzaki sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Boshqirdistondagi rayon, shaharga nomi berilgan va Davlat mukofoti taʼsis etilgan.[1]

Salavat Yoʻloy oʻgʻli
boshqirdcha: Салауат Юлай улы
Tavalludi 1754-yil iyun
Takay qishlogʻi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1800-yil 8-oktyabr
Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Yoʻloy Aznalin

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil