Saldo (ital. saldo — hisobkitob; qoldik,) — 1) buxgalteriya hisobida muayyan davr uchun pul tushumlari va harajatlar oʻrtasidagi ayirma. Buxgalteriya hisobida qoʻllaniladigan hisobvaraqlarda S. har oyning birinchi sanasidagi holat boʻyicha aniklanadi. Jami summalar farqi debet va kredit, aktiv va passiv boʻyicha hisoblanadi. S. mazmuni hisobvaraq mazmuniga bogʻliq, mas, kassa qisobi S.si — korxona kassasidagi naqd pullar qoldigʻi; savdo balansi S.si — mamlakat eksporti va importi qiymatlari oʻrtasidagi farq; mamlakat toʻlov balansi S.si — chet elga berilgan toʻlovlar bilan chet eldan mablag tushumlari oʻrtasidagi farq. Tushumlarning harajatlardan ortiq boʻlishi ijobiy, aksincha boʻlsa, salbiy S. hisoblanadi; 2) birja operatsiyalarida mijozning brokerlik firmasidan yoki brokerlik firmasining mijozdan qarzi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil