Sale (shahar)
Sale (arab. Sla, Sala) — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Poytaxt aglomeratsiyasi (RabotSale prefekturasi) tarkibida. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990y.lar oʻrtalari). Temir yoʻl stansiyasi. Transport va savdohunarmandchilik markazi. Oziqovqat, yoyuchsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 11-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 11 —14-asrlarda qurilgan Katta masjid, bir nechta Madrasa, oʻrta asrlarda qurilgan devor darvozalari bilan saqlangan. S. yaqinida xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |