Saleng
Saleng —Malayziyadagi Johor shtatining Kulai tumanida joylashgan shaharcha.
Saleng | |
---|---|
{{{type}}} | |
Koordinatalari: 1°38′00″N 103°38′00″E / 1.63333°N 103.63333°E | |
Davlat | Malayziya |
Shtat | Johor |
Mahalliy hokimiyat organlari | Majlis Perbandaran Kulai (MPKu, Kulai Municipal Council) |
Balandligi | 36,88 m (121 ft) |
Aholisi | |
• Umumiy | Senai Saleng = 92 223 |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 (MST) |
Tarix
tahrirSaleng— kichik bir qishloqdan (Kampung Baru) koʻplab yangi rivojlanish loyihalari va shaharcha rejasiga ega boʻlgan kichik shaharchaga aylantirildi.
Hududlar
tahrirSalengda boshlangʻich maktab (SJK(C)Saleng), savdo markazi, TJ Mart, TJ food-korti, mashhur Jamek masjidi va 24 soatlik fastfood restorani mavjud. Salengda hayvonot bogʻi asosiy yoʻlda joylashgan ammo hayvonot bogʻi allaqachon hudud rasmiylari tomonidan yopilgan. Foon Yu High School Kulay kampusi va Johor Multimedia Super Corridor (MSC) ham shahar yaqinida joylashgan.
Aholi
tahrirBirlamchi etnik guruhlar: malay, xitoy, hindlardan iborat. Aholining aksariyati xitoylar boʻlib, xitoyliklar jamoasi asosan hakka lahjasida gaplashishadi.
Transport
tahrirShaharga Johor Bahru shahridagi Sentral temir yoʻl stantsiyasidan (7B, 777, 777B, A1, BET1, JPO1, S&S 7) yoki Larkin Sentraldan (2, 13, 777, 888, JPO1) avtobus orqali borish mumkin [1]. Unga Muafakat avtobusining P-401 marshruti orqali ham borish mumkin[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bus Routes in Johor Bahru“. BusInterchange.net. Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
- ↑ „Laluan Bas Muafakat“ (ms). Bas Muafakat Johor. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.