Alayhissalom
(Sallallohu alayhi vasallamdan yoʻnaltirildi)
Alayhissalom (arab. عليه السلام — unga salom boʻlsin) — islomda paygʻambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan ibora. Bu ibora barcha paygʻambarlar, jumladan, Muhammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur iboraning ikkinchi turi — „Sallollohu alayhi vasallam“ (صلى الله عليه وسلم „Alloh taolo ul zotga oʻzining salavot va salomini nozil etsin“) ham mavjud boʻlib, u faqat Muhammad (sav) paygʻambarga nisbatan aytiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |