Salma Paralluelo
Salma Caleste Paralluelo Ayingono (talaffuzi: Salma Seleste Paralyuelo Ayingono; 2003-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — Ispaniyaning Liga F nomi bilan mashhur ayollar ligasining Barcelona hamda Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoalarida chap qanot hujumchisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi hamda sobiq sprinter. U 3 marta: 2023-yilgi FIFA Jahon chempionati, 2022-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati va 2018-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatlarida gʻolib boʻlgan ilk sportchi hisoblanadi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Salma Caleste Paralluelo Ayingono | ||
Tavallud joyi | Zaragoza, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
San José | |||
Zaragoza CFF | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
Zaragoza CFF B | |||
Zaragoza CFF | |||
2019–2022 | Villarreal | 37 | (23) |
2022– | Barcelona | 37 | (31) |
Milliy terma jamoa | |||
2018–2019 | Ispaniya U-17 | 20 | (9) |
2022 | Ispaniya U-19 | 3 | (1) |
2022 | Ispaniya U-20 | 5 | (3) |
2022– | Ispaniya | 24 | (12) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti
tahrirParalluelo 2003-yil 13-noyabrda Ispaniyaning Zaragoza viloyatida tugʻilgan. Uning otasi ispaniyalik va onasi Ekvatorial Gvineyaning Fang qabilasidan[2][3]. Onasi oldingi turmushidan boʻlgan farzandining sogʻligi bilan bogʻliq muammolar tufayli Ispaniyaga keladi. 2012-yil dekabr oyida 21 yoshli Parallueloning onasi Zaragozada yoʻqolib qoladi va keyingi oyda uning murdasi topiladi[4][5]. Yuqorida keltirilgan farzanddan tashqari Parallueloning yana ikki ukasi boʻlib, ikkalasi ham futbolchi[6].
Klubdagi faoliyati
tahrirParalluelo faoliyatini Zaragozaning UD San José klubida boshlagan. U yana Ispaniyaning Zaragoza CFF hamda Villareal klublarida toʻp surgan. Paralluelo 2022-yilgi FIFA Puskás Awardga nomzod boʻlgan.
2021—2022-mavsum yakunida Paralluelo Villareal jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, FC Barcelona klubi bilan yangi shartnoma imzoladi[7].
Paralluelo 2023—2024-yilgi mavsumda Real Sociedad klubi 7:1 hisobida magʻlub etilgan oʻyinda 4 ta golga mualliflik qilgan[8].
Xalqaro maydonlardagi faoliyati
tahrirSalma Paralluelo 2018-yilda oʻtkazilgan UEFA U-17 chempionati, 2018-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati va 2022-yilgi FIFA U-20 Jahon chepionatlarida goʻlib boʻlgan. U oʻzining katta futboldagi debyut oʻyinini Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibida, 2022-yilning 11-noyabrida Argentina jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyini bilan boshlagan va 7:0 hisobiga gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻz hisobiga xet-trik yozib qoʻygan.
Paralluelo Ispaniya jamoasining 2023-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun asosiy tarkibiga kiritildi[9]. 11-avgust kuni Niderlandiya jamoasiga qarshi chorak final oʻyinida qoʻshimcha vaqtlardan birida gʻalaba golini kiritib, Ispaniyaning ayollar terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatining yarim finaliga chiqishiga katta hissa qoʻshadi[10].
15-avgust kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi yarim final bahsida ham raqib darvozasiga gol kiritadi hamda ispanlar 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, ilk bora Jahon chempionati finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi.[11]. Gʻalaba bilan yakunlangan Angliya terma jamoasiga qarshi final oʻyinida Salma Paralluelo oʻyinni asosiy tarkibda boshlaydi va u Turnirning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini qoʻlga kiritadi[12].
Yengil atletika
tahrirAtlet sifatida Paralluelo oʻz faoliyatini Zaragozaning San José Athletics klubida boshlagan. U oʻz yosh toifasida 2012-yildan 2016-yilgacha Barselonada oʻtkazilgan Jean Bouin poygasida gʻolib boʻlgan. 2016-yilda Salma Paralluelo birinchi marta Ispaniya chempionatida ishtirok etib, oʻz yosh toifasida (U-14) 3 ta yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻlga kiritadi[13]. 2017-yilda u U-16 Ispaniya ichki chempionatida 60 metrga toʻsiqlar osha yugurishda gʻolib boʻladi va oʻsha yil yozda U-16 Ispaniya katta chempionatida 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish musobaqasida oltinchi oʻrinni egallaydi.
Muvaffaqiyatlaridan soʻng Salma Paralluelo Zaragozadagi eng katta yengil atletika klubi hisoblanadigan Scorpio-71 klubiga qoʻshildi[14]. 2018-yilda u U-16 Ispaniya ichki chempionatida 300 metrga yugurish bahslarida 39.46 soniyada finish chizigʻiga yetib keladi va gʻolib boʻladi hamda oʻsha kuni uch hatlab sakrash bahslarida ikkinchi oʻrin sohibiga aylanadi (12.06 m)[15]. Oʻz yosh toifasida katta turnirlardagi 300 metrga toʻsiqlar osha yugurish turida Paralluelo Ispaniyaning rekordini yangilaydi va marraga 42.56 soniyada yetib keladi.[16].
Salma Paralluelo oʻzining uchinchi katta mavsumida Huelvadagi Ibero-American Athletics Meeting musobaqasida 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish bahslarida 57.43 soniyada marraga yetib kelib, 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Ispaniya va Jahon rekordini yangiladi. Ushbu rekordi bilan u 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish va shvedcha yugurish turlarida 2 ta oltin medal olgan 2019-yilgi Yevropa Yoshlar yozgi olimpiada festivaliga taklif qilinadi.
2019-yil oxirida Paralluelo Playas de Castellónga boradi. U yerda Salma oʻzining katta musobaqalardagi ilk medalini qoʻlga kiritadi. 2019-yilgi Yengil atletika boʻyicha Ispaniya ichki chempionatida 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish bahsida 53.83 soniya vaqt bilan marraga uchinchi boʻlib keladi va 18 hamda 20 yoshgacha boʻlgan ispan atletlari oʻrtasida rekord oʻrnatadi[17][18]. Uning ushbu natijasi unga yana 2019-yilgi Yengil atletika boʻyicha Yevropa ichki chempionatida ishtirok etishga imkon yaratdi[19]. Salma Paralluelo 15 yosh-u 108 kunligida 35 ta Yevropa ichki chempionatida qatnashgan norvegiyalik atlet Kjesrti Tyssedan (15 yosh-u 34 kun) keyin ikkinchi eng yosh atlet boʻldi[20].
2022-yil iyul oyida Paralluelo FC Barcelona klubi bilan shartnoma imzolagandan keyin butun eʼtiborini faqat futbolga qaratishini aytib oʻtdi hamda yengil atletikadan ketishini eʼlon qildi[21].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok[lower-alpha 1] | Mintaqaviy[lower-alpha 2] | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | ||
Villarreal | 2019–2020 | Segunda División Pro | 12 | 5 | 0 | 0 | – | – | 12 | 5 | ||
2020–2021 | 17 | 15 | 0 | 0 | – | – | 17 | 15 | ||||
2021–2022 | Ispaniya ayollar Premyer-ligasi | 8 | 3 | 1 | 0 | – | – | 9 | 3 | |||
Umumiy | 37 | 23 | 1 | 0 | – | – | 38 | 23 | ||||
Barcelona | 2022–2023 | Liga F | 18 | 11 | 1 | 2 | 9 | 1 | 2 | 1 | 30 | 15 |
2023–2024 | 19 | 20 | 4 | 4 | 11 | 6 | 2 | 4 | 36 | 34 | ||
Umumiy | 37 | 31 | 5 | 6 | 20 | 7 | 4 | 5 | 66 | 49 | ||
Faoliyati davomida | 74 | 54 | 6 | 6 | 20 | 7 | 4 | 5 | 104 | 72 |
- ↑ Copa de la Reinadagi ishtiroki
- ↑ UEFA Ayollar Chempionlar ligasidagi ishtiroki
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Isht | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2022 | 2 | 3 |
2023 | 16 | 6 | |
2024 | 6 | 3 | |
Umumiy | 24 | 12 |
- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Ispaniyaning gollarini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Parallueloning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
No. | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 11-noyabr 2022-yil | Estadio Municipal Álvarez Claro, Melilla, Ispaniya | Argentina | 3–0 | 7–0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 4–0 | |||||
3 | 5–0 | |||||
4 | 6-aprel 2023-yil | Estadi Municipal de Can Misses, Ibiza, Ispaniya | Norvegiya | 3–1 | 4–2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 4–1 | |||||
6 | 5-iyul 2023-yil | Gladsaxe Stadium, Gladsaxe, Daniya | Daniya | 2–0 | 2–0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
7 | 11-avgust 2023-yil | Wellington Regional Stadium, Wellington, Yangi Zellandiya | Niderlandiya | 2–1 | 2–1 | FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023) |
8 | 15-avgust 2023-yil | Eden Park, Auckland, Yangi Zellandiya | Shvetsiya | 1–0 | 2–1 | FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023) |
9 | 5-dekabr 2023-yil | La Rosaleda Stadium, Málaga, Ispaniya | Shvetsiya | 1–1 | 5–3 | 2023–24-yilfi UEFA ayollar oʻrtasidagi Millatlar ligasi A |
10 | 5-aprel 2024-yil | Den Dreef, Leuven, Belgiya | Belgiya | 1–0 | 7–0 | UEFA ayollar oʻrtasidagi EURO-2025 saralash bosqichi |
11 | 3–0 | |||||
12 | 4–0 |
Yutuqlari
tahrirFC Barcelona
- UEFA Ayollar Chempionlar ligasi: 2022–2023,[22] 2023–2024[23]
- Ispaniya ayollar Premyer-ligasi: 2022–2023, 2023–2024
- Copa de la Reina: 2023–2024
- Ayollar oʻrtasida Ispaniya superkubogi: 2022–2023, 2023–2024
Ispaniya
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2023
- UEFA Ayollar oʻrtasidagi Millatlar ligasi: 2023–2024[24]
- Ispaniya U-20
- Ispaniya U-17
- UEFA 17 yoshacha boʻlgan ayollar chempionati: 2018
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (U-17): 2018
Shaxsiy
- FIFA yosh oʻyinchisi: 2023[25]
- 433 – Yilning iqtidorli ayoli: 2022–2023[26]
- Hija Predilecta de Zaragoza (2023)[27]
- Ayollar uchun Oltin toʻp 3-oʻrin: 2023
- IFFHS Ayollar oʻrtasida jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023[28]
- IFFHS yil ayollar jamoasi: 2023[29]
- Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi UEFA ayollar jamoasi: 2023[30]
- Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi UEFA U-20 ayollar jamoasi: 2023[31]
- Laureus World Sports Award nominant: 2024[32]
Rekordlar
tahrirHozirda Salma Paralluelo har xil yosh toifasi boʻyicha quyidagi rekordlarga ega:[33]
18 yoshgacha
tahrir- 300 m (38.60)
- 300 m toʻsiqlar osha yugurish (41.97)
- 400 m toʻsiqlar osha yugurish (57.36)
- Shvedcha yugurish (2:08.53, Laura Pintiel, Esperança Cladera va Carmen Aviléslar bilan birgalikda)
- 400 m zalda yugurish (53.83)
16 yoshgacha
tahrir- 300 m toʻsiqlar osha yugurish (42.56)
- 300 m zalda yugurish (39.27)
Manbalar
tahrir- ↑ „Paralluelo crosses finish line with third winners' medal“. FIFA.com. FIFA (2023-yil 21-avgust). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Salma Paralluelo, la futbolista y velocista que bate todos los récords“. El País.
- ↑ „Continúa la búsqueda de Florencio Ayingono Eworo | Entrevista con su madre, Diosdada Ayingono“.
- ↑ „Denuncian la desaparición de un joven universitario en Zaragoza“.
- ↑ „Aparece sin signos de violencia el cadáver del universitario desaparecido en Zaragoza“.
- ↑ „Los hermanos Paralluelo brillan con fuerza en la 'Cantera Grogueta'“. El Periódico Mediterráneo (2019-yil 2-dekabr).
- ↑ „Salma Paralluelo signs for FC Barcelona“ (en). www.fcbarcelona.com. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
- ↑ „Salma fue el presente y el futuro del Barça en la goleada en Zubieta“ (es). www.sport.es (2024-yil 10-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-mart.
- ↑ „La lista oficial para el Mundial de Australia y Nueva Zelanda“ [The official list for the World Cup in Australia and New Zealand] (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 30-iyun).
- ↑ „Women's World Cup 2023: 'Great day' as Spain reach first semi-final despite off-field issues“. BBC Sport (2023-yil 11-avgust).
- ↑ Downey, Sophie. „Spain reach their first Women’s World Cup final as late winner sinks Sweden“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 15-avgust). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
- ↑ „Salma Paralluelo, mejor jugadora joven del torneo: "Soy la mujer más feliz del mundo"“ (es). MARCA (2023-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Abad, Anna „▷ Una charla con Salma Paralluelo“ (es). SPORTARAGON.com (2018-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ BARCIA, IGOR „Salma Celeste, el talento más deseado“ (es). El Diario Montañés (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ MARTÍ, R. „Talento puro para el deporte“ (es). El Periódico de Aragón (2018-yil 21-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ PERIÓDICO, EL „Aragón obtiene un brillante repóker en el Nacional sub-16“ (es). El Periódico de Aragón (2018-yil 2-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ „La deportista total tiene solo 15 años, es de Zaragoza y se llama Salma Paralluelo“ (es-ES). Runner's World (2019-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ Cabeza, Gonzalo „Salma Paralluelo se carga de razones para ser atleta... pero el fútbol también pide la vez“ (es). elconfidencial.com (2019-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ „Salma Paralluelo, un prodigio a dos bandas“ (es). www.elperiodico.com (2019-yil 22-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ „Salma Paralluelo, con 15 años, se despide en su debut en los 400 en los Europeos“ (es). El Español (2019-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ „Salma Paralluelo: "He flipado mucho con el nivel que hay en el Barça"“ (es). MARCA (2022-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
- ↑ Wrack, Suzanne. „Rolfö caps Barcelona comeback against Wolfsburg to win thrilling WCL final“. The Guardian (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „Barcelona retains Women's Champions League title, completing historic quadruple“. CNN (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „Women's Nations League final: World Cup winners Spain beat France 2–0 in Seville“. BBC Sport (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
- ↑ „FIFA Women's World Cup awards: Bonmati wins Golden Ball“. FIFA (2023-yil 20-avgust). 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
- ↑ „This just in... You have voted 𝐒𝐀𝐋𝐌𝐀 𝐏𝐀𝐑𝐀𝐋𝐋𝐔𝐄𝐋𝐎 as the 𝐖𝐈𝐍𝐍𝐄𝐑 of the 433 Awards: 2022-23 Women's Talent of the Year! ✨💎“. 433 (2023-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Trigo, Iván „Zaragoza distingue a sus hijos predilectos y adoptivos y entrega la Medalla de Oro al Grupo Carreras“. El Periódico de Aragón. Prensa Ibérica (2023-yil 7-oktyabr).
- ↑ „IFFHS WOMEN'S WORLD BEST YOUTH (U20) PLAYER 2023“. IFFHS (2023-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „IFFHS WOMEN'S WORLD TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „IFFHS WOMEN'S UEFA TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
- ↑ „IFFHS WOMEN'S YOUTH (U20) UEFA TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 7-fevral). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
- ↑ „Novak Djokovic, Iga Swiatek and Coco Gauff nominated at the 25th Laureus World Sports Awards : All you need to know“ (en). Tennis Clubhouse (2024-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ „Ranking“ (es). Atletismo RFEA. Qaraldi: 2024-yil 20-aprel.
Havolalar
tahrir- Salma Paralluelo FC Barcelona sahifasida
- Salma Paralluelo BDFutbol sahifasida