Ahmad Salmon Rushdiy (kashm. अहमद सलमान रुशदी, ingl. Ahmed Salman Rushdie; t. 19-iyun 1947[2]) britan-hind yozuvchidir. Uning ikkinchi romani, Midnight's Children ("Yarimkecha bolalari"; 1981), 1981-yili Booker mukofotini oldi. Koʻp asarlarida voqealar Hindiston yarim orolida boʻlib oʻtadi. Roman va esselari sehrli realizm va tarixiy janrlarda yozilgan; asarlari Sharq va Gʻarb orasidagi aloqalarga bagʻishlangan.

Salmon Rushdiy
अहमद सलमान रुशदी
Tavalludi 19-iyun 1947-yil (1947-06-19) (76 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1], AQSh va Hindiston
Otasi Anis Ahmed Rushdie

Uning toʻrtinchi romani, The Satanic Verses ("Shayton oyatlari"; 1988), islom dunyosida janjalga sabab boʻlib, musulmonlar eʼtirozini keltirib chiqardi. 1989-yil 14-fevralida Eron oyatullohi Ruhulloh Xomeyniy Rushdiyni oʻldirishga chaqiruvchi fatvo chiqardi.

Rushdiyga 1999-yil yanvarida Fransiyaning Sanʼat va adabiyot ordeni berildi.[3] 2007-yil iyunida Qirolicha Elizabeth II Rushdiyni adabiyotdagi xizmatlari uchun ritsar-bakalavr unvoniga koʻtardi.[4] 2008-yili The Times uni ellik eng buyuk britan yozuvchilari roʻyxatida oʻn uchinchi oʻringa qoʻydi.[5]

2000-yildan beri Rushdiy Qoʻshma Shtatlarda yashab, u yerdagi Emory universitetida ishlab kelmoqda.

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. British Council profile, 2013-06-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-26
  3. "Rushdie to Receive Top Literary Award", (Wayback Machine saytida 2012-05-05 sanasida arxivlangan) Chicago Tribune, 7-yanvar 1999-yil. Retrieved 26-mart 2012-yil.
  4. "Birthday Honours List—United Kingdom", (Wayback Machine saytida 2013-12-16 sanasida arxivlangan) The London Gazette, Issue 58358, Supplement No. 1, 16-iyun 2007-yil. Retrieved 26-mart 2012-yil.
  5. "The 50 Greatest British Writers Since 1945". The Times, 5-yanvar 2008-yil. Retrieved 1-yanvar 2010-yil. Subscription required.

Havolalar tahrir