Salor GES
Salor ges — Oʻzbekistonda dastlabki qurilgan gidroelektr st-yalaridan biri. Chirchiq— Boʻzsuv suvenergetika traktida Toshkent viloyati Qibray tumanida qurilgan, 1944-yilning mart oyida qurilishi tugallagan. Asosan, hashar yoʻli bilan barpo etilgan. "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasining "Qodriya GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibida. 11,2 MVt kuvvatli bir agregat oʻrnatilgan. Elektr energiyasi 35 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-yilda 73 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. GES Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporta va aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashda ahamiyatga ega. Hozir GES toʻla avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |