Salpingit
Salpingit (yunoncha: salpinx nay) - bachadon (Fallopiy) nayining yalligʻlanishi; odatda, tuxumdonning yalligʻlanishi (ooforit) bilan birga kechadi. Nayga soʻzak, sil infeksiyasi va boshqa mikroblar tushishi natijasida roʻy beradi. Infeksiya koʻpincha bachadondan yoki qon va limfa orqali kiradi. Dastlab bachadon nayining shilliq qavatlari, keyinchalik boshqa qavatlari ham yalligʻlanadi. Bachadon nayi berkilib qolishi yoki chandiklanishi mumkin. S. koʻpincha bachadondan tashqari homiladorlik yoki bepushtlikka sabab boʻladi. Kasallik, odatda, oʻtkir va surunkali kechadi. Yalligʻlanish bachadon ortigʻiga qam oʻtishi mumkin (salpingooforit yoki adneksit). Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Kasallik surunkali kechgan hollarda sovqotishdan saqlanish kerak.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |