Salvador Duran Sanchez (1985-yil 6-mayda tugʻilgan) — Amlin Aguri jamoasi uchun FIA Formula E chempionatida qatnashgan meksikalik haydovchi. Duran avvalroq A1 Gran-prisi, Formula Renault 3.5 va NASCAR Toyota Series musobaqalarida qatnashgan.

Salvador Durán Sánchez
Millati Meksika meksikalik
Tugʻilgan joyi 6-may 1985-yil (1985-05-06) (39 yosh)
Mexiko, Meksika
Musobaqalarda faoliyati
Debyut mavsumi 2014-15
Hozirgi jamoa Team Aguri
Avtomobil raqami 77
Sobiq jamoasi Trulli GP
Startlar 12
Gʻalabalar 0
Pole pozitsiyasi 0
Tez aylanishlar 0
Eng yaxshi finish 21 2014-15
Chempionlik unvonlari
British F3 Scholarship Class

Faoliyati

tahrir
 
Duran Interwetten.com uchun Donington Park bosqichida Formula Renault 3.5 Series mavsumida ishtirok etmoqda.
 
Duran Interwetten.com uchun 2008 yil Formula Renault 3.5 Series mavsumi Silverstone raundida ishtirok etmoqda.

Mexiko shahrida tugʻilgan Duran oʻz faoliyatini 2002-yilda Skip Barber National musobaqasida 2-oʻrin va Midwestern Champion kubogini qoʻlga kiritish bilan boshlagan. 2003-yilda u Italiyaning Formula Renault musobaqasida 8-oʻrinni va Formula Renault Eurocup musobaqasida 15-oʻrinni egallagan. 2004 va 2005-yillarda u Britaniyaning F3 xalqaro seriyali milliy klassida P1 Motorsport bilan ishtirok etib, 2005-yil klass gʻolibiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyat ortidan u 2005-06-yilgi A1 Gran-pri mavsumiga yozildi va mavsum oxiriga qadar Meksika jamoasi uchun bahslashdi. Shuningdek, Laguna Secada raundining ikkala poygasida ham gʻalaba qozondi.

2006-yilgi Britaniya F3 xalqaro seriyasi uchun Salvador Chempionship klassiga koʻtarildi, Hitech Racing chempionatda oʻninchi oʻrinni egallab, 54 ochko toʻpladi va Silverstoundagi eng yaxshi natijasi bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Keyin u A1 Gran-prisining ikkinchi mavsumiga kirishdi. U shuningdek, jamoadoshlari Juan Pablo Montoya va Scott Pruett bilan birga 2007-yilda 24 soatlik Daytona musobaqasida qatnashdi.

U 2009-yilda Meksikaning A1GP jamoasi uchun musobaqalarda ishtirok eta boshladi, omavsum oxirida Meksika chempionatning eng yaxshi 10 taligiga kirgan. 2010-yilda NASCAR Mexico Series for Citizen-DHL jamoasida ishtirok etgan. Mabsum davomida 3 ta poygadan chetlashtirildi.

2014-yil dekabr oyida Amlin Aguri jamoasi Duranni 2014-yilgi Formula E mavsumining uchinchi bosqichi boʻlgan Urugvaydagi Punta del Este ePrix musobaqasida qatnashishini eʼlon qildi[1].

2015-16-yilgi Formula E mavsumi uchun Duran Trulli GP bilan shartnoma imzoladi, ammo chempionatning dastlabki uch turidan keyin (ular ishtirok etmagan) jamoa formuladan voz kechgach, Salvador yana Aguri jamoasiga qoʻshildi. Keyingi uchta poygadan soʻng, Parij ePrix musobaqasida Duran oʻrnini xitoylik haydovchi Ma Qing Xua egalladi va u mavsumning qolgan qismida jamoada qoldi[2][3].

Natijalar

tahrir
 
Punta del Este poygasi paytida.

Umumiy natijalar

tahrir
Mavsum Seriya Jamoa Poyga Gʻalaba PL Ball Oʻrin
2002 Formula Renault Monza Fast Wheels Competition ? ? ? 2 25
2003 Ford Mustang Championship Mexico Telmex ? ? ? 0 NC
Formula Dodge National Championship Skip Barber Racing School 13 2 5 162 2
Barber Dodge Pro Series 3 0 0 17 21
North American Fran Am 2000 GTI Formula Motorsports ? ? ? 18 30t
2004 Formula Renault 2000 Italia Cram Competition 17 0 0 115 8
Formula Renault 2000 Eurocup 15 0 0 20 18
2005 British Formula 3 International Series — National P1 Motorsport 22 9 9 300 1
2005-06 A1 Grand Prix A1 Team Mexico 16 2 1 59 10†
2006 British Formula 3 International Series Hitech Racing 19 0 0 54 10
Masters of Formula 3 1 0 0 N/A 23
2006-07 A1 Grand Prix A1 Team Mexico 18 0 0 35† 10†
2007 Rolex Sports Car Series — DP Chip Ganassi Racing 2 1 0 57 45
Formula Renault 3.5 Series Interwetten.com 17 1 1 64 9
2007-08 A1 Grand Prix A1 Team Mexico 2 0 0 22† 16†
2008 Formula Renault 3.5 Series Interwetten.com 15 1 0 61 9
Rolex Sports Car Series — DP Chip Ganassi Racing 1 0 0 13 60t
2008-09 A1 Grand Prix A1 Team Mexico 8 0 0 8† 13†
2009 Formula Renault 3.5 Series Interwetten.com Racing 2 0 0 0 35
2010 Formula Renault 3.5 Series FHV Interwetten.com 2 0 0 0 NC
NASCAR Corona Series HO Speed Racing 13 0 1 1400 23
2012 NASCAR Toyota Series Equipo Telcel 14 0 0 410 15
2014-15 Formula E Amlin Aguri 9 0 0 13 21
2015-16 Formula E Trulli GP 1 0 0 0 22
Team Aguri 3 0 0
2018-19 Jaguar I-Pace eTrophy Jaguar VIP Car 1 0 0 0 NC‡
2020-21 Formula E NIO 333 FE Team Yordamchi poygachi

Barber Dodge Pro Series

tahrir
Yil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Daraja Ball
2003 STP MTY MIL LAG POR CLE TOR VAN
17
MDO
10
MTL
5
21 17

Manbalar

tahrir
  1. „Durán replaces Legge for Punta del Este ePrix“. e-racing (10-dekabr 2014-yil). 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
  2. „Ma Quing Hua replaces Salvador Duran at Team Aguri“. e-racing (20-aprel 2016-yil). Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.
  3. „Ma Qinghua to replace Salvador Duran at Team Aguri for remainder of season“. e-racing (20-aprel 2016-yil). Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.

Havolalar

tahrir