Salviniya (Salvinia) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub suv oʻsimliklari turkumi. Bir yoki koʻp yillik oʻsimlik, ildizi yoʻq, bargi 3 tadan boʻlib, 2 tasi suv betida qalqib, 3si ingichkalashib, boʻlinib suvga botib turadi. Sporokarpiysida mikro va makrosporangiylari boʻladi. 10 tagacha turi, asosan, Amerika va Afrikaning tropik iqlimli yerlarida tarqalgan. Rossiya Yevropa qismining janubidagi chuchuk suvlarda suzuvchi salviniya o'sadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil