Sam Kahamba Kutesa (1949-yilning 1-fevralda tug‘ilgan) — bir qancha korrupsiya ishlariga aralashgan Ugandalik siyosatchi, tadbirkor va huquqshunos. Kutesa qizi Charlotte Kutesaning Muhoozi bilan turmush qurishi orqali prezident Museveni yaqin doirasiga kirgan[1][2]. Kutesa 2005-yil 13-yanvardan 2021-yil maygacha Uganda Vazirlar Mahkamasida Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davrda bo‘lib o‘tgan uchta hukumat qayta tuzilishida ham o‘z lavozimini saqlab qolgan[3][4][5]. Shuningdek, Sembabule tumanidagi Mowogola okrugi uchun saylangan parlament a’zosi (deputat) edi[6]. U 2014-2015-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 69-sessiyasida prezident bo‘lgan[7].

Sam Kutesa

Kutesa 2018-yil
Uganda Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
19-noyabr 2015-yil – 3-may 2021-yil
Avvalgisi Henry Oryem Okello
Keyingisi Jeje Odongo
Mansab davri
13-yanvar 2005-yil – 16-sentyabr 2014-yil
Avvalgisi Tom Butime
Keyingisi Henry Oryem Okello
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamleyasing prezidenti
Mansab davri
16-sentyabr 2014-yil – 16-sentyabr 2015-yil
Avvalgisi John William Ashe
Keyingisi Mogens Lykketoft
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1949-yil (1949-02-01) (75 yosh)
Uganda
Millati Uganda
Turmush oʻrtogʻi Jeniffer Nankunda (marhum)
Alma mater
Kasbi Huquqshunos, siyosatchi

Hayoti va ta'limi

tahrir

Kutesa Mbarara o‘rta maktabida o‘qigan. Sharqiy Afrika universitetining bir qismi bo‘lgan Makerere institutida huquqshunoslik sohasi bo'yicha bakalavr darajasini egallagan[8]. Shuningdek, u Kampaladagi Huquqshunoslikni rivojlantirish markazida yuridik amaliyot bo‘yicha aspirantura diplomiga ega[6].

Karyerasi

tahrir

Kutesa 1973-2001-yillarda xususiy korxonalarda huquq amaliyotini o'tagan. U 1980-yildan 1985-yilgacha Shimoliy Mbarara saylov okrugi bo‘yicha parlament a’zosi (deputat) va 1985-yildan 1986-yilgacha Bosh prokuror lavozimlarida ishlagan. 1994-1995-yillar oralig‘ida Kutesa 1995-yilgi Uganda Konstitutsiyasini ishlab chiqqan ta’sis Assambleyasida delegat bo‘lib ishlagan. U 2001-yilda Mawogola okrugidan deputat etib saylangan va 2006-yilgi qayta saylovda yana shu lavozimga qaytadi. U 2001-yildan 2005-yilgacha investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri bo‘lgan[9]. Prezident Yoweri Museveni 2005-yilda James Wapakhabulo vafotidan keyin Sam Kutesani tashqi ishlar vaziri etib tayinladi[6]. U Milliy qarshilik harakati siyosiy partiyasining a’zosi[10].

Korrupsion holatlar

tahrir

2011-yilda Kutesa parlament tekshiruvida Irlandiyaning „Tullow Oil“ neft kompaniyasidan pora olishda ayblangan[11]. Uganda parlamentining boshqa ayblanuvchilar bilan birga iste’foga chiqish haqidagi chaqiriqlariga qaramay, advokat Severino Twinobusingye Bosh prokurorni suddan ijobiy da'vo bilan chiqishini, sud muhokamasini to‘xtatilishini va iste’foga chiqish haqidagi chaqiriqlarni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi[11]. „Tullow Oil“ kompaniyasining „Heritage Oil“ bilan Uganda aktivlariga solinadigan soliq bo‘yicha sud ishi natijasida voqea haqidagi boshqa shubhalardan so‘ng, korrupsiya haqidagi da’volarni qayta tekshirish uchun parlament qo‘mitasi chaqiriladi[12][13][14].

2018-yil 5-dekabrda Nyu-Yorkdagi federal hakamlar hay’ati Chi Ping Patrick Ho ni Ugandaning yuqori martabali amaldorlari Sam Kutesa va Yoweri Museveniga pora berishda aybdor deb topdi. 2016-yil may oyida Ho va „CEFC“ China rahbarlari Kampalaga tashrif buyurishdi. Ketishdan oldin Ho Kutesa tomonidan taqdim etilgan hisobga 500 000 dollar o‘tkazilishini taminlab berdi. Ho, shuningdek, o‘z xo‘jayini, Xitoy „CEFC“ raisi, prezident Museveniga saylovoldi tashviqoti uchun xayriya sifatida 500 000 dollar naqd pul taqdim etishni maslahat beradi, garchi Museveni allaqachon qayta saylangan bo‘lsa ham. Ho bu to‘lovlarni Kutesa va Museveniga o‘zlarining rasmiy hokimiyatlaridagi ustunliklarini „CEFC“ Xitoyga yo‘naltirish yo'lidagi ta'sir uchun mo‘ljallagan edi[15].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi

tahrir

Afrika Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oltmish to‘qqizinchi sessiyasiga raislik qilishi kerakligi sababli, Afrika Ittifoqi Ijroiya Kengashi Kamerun tashqi ishlar vaziri bo'lgan Pierre Moukoko Mbonjo iste’foga chiqqanidan keyin Kutesani bir ovozdan o‘z nomzodi sifatida tanladi[16]. Uning nomzodi 2013-yil may oyida Jazoirning Jazoir shahrida bo‘lib o‘tgan „Non-Aligned“ harakatining 17-vazirlar yig‘ilishida bir ovozdan ma’qullangan. Kutesa 2014-yil 11-iyunda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rasman saylangan[9].

Kutesa 2014-yilda Ugandada gomoseksuallikka qarshi qonunni himoya qilganligi sababli, inson huquqlari tashkilotlari uning BMTdagi prezidentlik pozitsiyasi, BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mujassamlangan qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlamayotganini his qilishdi[17]. Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi John Kerry BMTdan Kutesaning vizasini bekor qilishni va shu bilan uni Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi prezidenti lavozimini egallashga to‘sqinlik qilishni so‘radi[18]. Change.org saytida 15 000 dan ortiq imzo to‘plagan petitsiya, „Black Star“ gazetasi yangiliklar muharriri ugandalik Milton Allimadi tomonidan yozilgan. U Kutesaning Ugandadagi geylarga qarshi qonun loyihasini va korrupsiya haqidagi ayblovlarni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi. Noroziliklar va petitsiyalarga qaramay, Kutesa prezident bo'ldi[9].

Manbalar

tahrir
  1. „H.E. Mr. Sam Kahamba Kutesa“ (en). Africa Renewal. Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
  2. „Museveni family tree“ (2009-yil 25-mart).
  3. Newvision Archive „Full Cabinet List As At 18 February 2009“ (2009-yil 18-fevral). 2015-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  4. Uganda State House „Comprehensive List of New Cabinet Appointments & Dropped Ministers“ (2011-yil 27-may). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  5. Uganda State House. „Museveni's new cabinet list At 6 June 2016“ (2016-yil 6-iyun). 2016-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 Parliament of Uganda „Profile of Kutesa Kahamba Sam, Member of Parliament for Mawogola County, Ssembabule District“. Parliament of Uganda (2011). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  7. „About the President“ (en-US). General Assembly of the United Nations. Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
  8. Flash Uganda News. „Sam Kahamba Kutesa: Biography, Net Worth, Education and Family“. Flash Uganda Media (2020-yil 31-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  9. 9,0 9,1 9,2 Bryant, Nick „Uganda's Sam Kutesa Elected As UN General Assembly President“. BBC News (2014-yil 11-iyun). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  10. „Political Leadership“. riyadh.mofa.go.ug.
  11. 11,0 11,1 Administrator „MPs Protest Shs12.9 Billion Reward To Amama Lawyer“ (2013-yil 27-fevral). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  12. Walusimbi, Deo „Oil Bribes: Why Mbabazi, Kutesa Were Exonerated“ (2013-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  13. Mutaizibwa, Emma „Uganda: Museveni 'US$50 Million Bribe' – The Inside Story“ (0201-yil 27-mart).
  14. Mwenda, Andrew M. „Tullow's Alleged Bribe To Museveni“ (2013-yil 28-mart). 2014-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  15. „Schemed to Bribe the President of Chad, President and Foreign Minister of Uganda“ (2018-yil 5-dekabr).
  16. Odyek, John „Sam Kutesa Heads for UN Top Job“ (2014-yil 30-may). 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  17. Pilkington, Ed „UN Backlash As Uganda's 'Anti-Gay' Minister Heads for Human Rights Top Job“ (2014-yil 31-may). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  18. Allimadi, Milton „Why Uganda's Sam Kutesa Must Not Be Allowed to Become UN General Assembly President“. HuffPost (2014-yil 30-aprel). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.

Havolalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi Uganda Tashqi ishlar vaziri
19-noyabr 2015-yil – hozirgacha
Amaldagi
Oldingisi Uganda Tashqi ishlar vaziri
13-yanvar 2005-yil – 16-sentyabr 2014-yil
Keyingisi
Oldingisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti
2014–2015-yillar
Keyingisi