Gomoseksuallik (yunoncha ὁμός — „ayni“, lotincha sexus — „jins“) oʻzi bilan ayni jinsga oid individlarga qaratilgan jinsiy moyillikdir. Bunda aynan jinsiy aloqa nazarda tutilmaydi, balki oʻzining jinsdoshiga nisbatan tortilishi ham bildiriladi. Erkaklar orasidagi gomoseksuallik besoqolbozlik (yoki gay) deb atalsa, ayollar oʻrtasidagi shunday munosabatlar lezbianlik, deyiladi. Gomoseksuallik faqatgina odamlarda emas, balki hayvonlarda ham uchraydi.

LGBT
Kamalak bayroq
Kamalak bayroq
Gomoseksuallik · Jins · Gomofobiya · Biseksuallik · Transseksuallik
LGBT tarixi
LGBT madaniyati
Teng jinsli nikohlar
  Bir jinsli nikohlar
  Boshqa mamlakatlarda bir jinsdagi nikohni tan olgan davlatlar
  Qonunlar yoʻq
  Gomoseksuallarni qamagan davlatlar
  Oʻlim jazosi boʻlgan davlatlar
UN declarations on LGBT rights
  Supporting (2008 or 2011)
  In opposition

Gomoseksual atamasi ilk bora avstriyalik yozuvchi Karl-Maria Kertbeny 1869-yilda yashirin chop etgan pamfletlarida uchraydi.[1] Bu mavzudagi ilmiy ishlar esa psixiatr Richard Freiherr von Krafft-Ebing yozgan Psychopathia Sexualis kitobida (1886) koʻriladi.[2]

Biroq gomoseksuallik hodisa sifatida antik davrlardan beri yoritib kelingan (jumladan Suqrot, Iskandar Zulqarnayn tarjimai hollarida bu kuzatiladi).

Tarqalishi tahrir

Jinsiy moyillik bilan bogʻliq demografik soʻrovlar turlicha koʻrsatkichlarni berishadi. Zero:

  • Soʻrovlar oʻta shaxsiy savollardan iboratligi uchun hamma ham toʻgʻri javob bermaydi.
  • Gomoseksuallar doim ham faqatgina gomoseksual boʻlaverishmaydi (biseksual boʻlishlari ham mumkin).
  • Soʻrov qatnashchilari jinsiy aloqa atamasi ostida ayni hodisani tushunmasliklari mumkin.

Mavjud maʼlumotlar gomoseksuallar dunyo aholisining 1-10 %'ini tashkil etishi mumkinligini koʻrsatmoqda, bunda besoqollar lezbianlardan koʻproqdir.[3][4][5]

Gomoseksuallik va fan tahrir

Alfred Kinsi bilan bir qatorda gomoseksualizmning eng mashhur tadqiqotchilaridan biri Evelin Xukerdir. Uning tadqiqot natijalari “Ochiq gomoseksual erkaklarning moslashuvi” (1957) jurnalida chop etilgan[6].Ushbu ishda Rorschach va TAT klinik diagnostik testlari yordamida hetero va gomoseksuallarning psixologik xususiyatlari taqqoslandi.  Mustaqil ekspertlar eksperiment ishtirokchilarining psixologik moslashuv darajasida farq topmadilar va qaysi test natijalari gomoseksuallarga tegishli ekanligini aniqlay olmadilar.  Evelin Xuker gomoseksualizm tushunchasidan ruhiy kasallik sifatida voz kechish kerak degan xulosaga keldi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Kertbeny Coins „Homosexual“
  2. Psychopathia Sexualis, 2007-10-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-17
  3. S. Hite, The Hite Report on Male Sexuality, New York, A. Knopf, 1991.
  4. S. S. et C. L. Janius, The Janius Report on Sexual Behavior, New York, John Wile & Sons, 1993.
  5. Alfred C. Kinsey, Sexual Behavior in the Human Male, 1948, ISBN 0-7216-5445-2(o.p.), ISBN 0-253-33412-8(reprint).