Pamflet (ing. pamphlet — qoʻldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu toʻda hamda guruhlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. Pamflet boshqa hajviy janrlardan badiiy toʻqimaning ozligi, aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. Pamfletda jamiyatdagi, turli shaxslar xarakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, oʻtkir sarkazm vositalari bilan fosh etiladi. Pamfletning ilk namunalari antik davrda yaratilgan Pamfletlar koʻpincha kichik xajmdagi asarlar (maqola, ocherk va boshqa tarzda) boʻlgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar ham Pamflet usulida yaratildi. (J. Svift "Gulliverning sayohatlari" romani, B. Brexptnng "Mister Uining martabasi" pyesasi va boshqalar). P. janr sifatida Reformatsiya davrida shakllandi (M.Lyuter, Erazm Rotterdamskiy). 19—20-asrlarda V. Gyugo, E. Zolya, G. Mann, L. N. Tolstoy va boshqa P.lari keng tarqaldi. Uzbek adabiyotida Abdulla Qodiriy ("Lahmi kadid", "Sa-namparast tentaklar"), Gʻafur Gʻulom ("Sharaf qoʻlyozmasi"), Abdulla Qahhor ("Baron Fon Ring") P.lari maʼlum.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil