Sam Riley
Samuel Peter W. Riley (1980-yil 8-yanvarda tugʻilgan)[1] – ingliz aktyori va qoʻshiqchisi[2]. U 2007-yilda Ian Curtis hayoti haqidagi „Control“ biografik filmidagi ijrosi, 2012-yilda Jack Kerouacning „On the Road“ romani asosida yaratilgan filmda Sal Paradise qahramoni va 2014-yilda „ Maleficent: Zulmat qirolichasi“ filmidagi Diaval rollari bilan mashhur. Riley 2016-yilgi „Pride and Prejudice and Zombies“ filmidagi Fitzwilliam Darcy obrazi bilan shuhrat qozongan.
Sam Riley | |
---|---|
Tavalludi |
1980-yil 8-yanvar (43 yosh) Menston, Bradford, Gʻarbiy Yorkshire, Angliya |
Kasbi | aktyor, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 2002-yildan – hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Alexandra Maria Lara (2009-yil uylangan) |
Bolalari | 1 ta |
Hayoti
tahrirRiley Gʻarbiy Yorkshiredagi Bredford shahrining Menstone shaharchasida tugʻilgan. Uning onasi Amanda bolalar bogʻchasi tarbiyachisi va otasi Endryu Rayli toʻqimachilik agenti edi[2][3]. U Malsis , Cross-Hillda va Uppingham maktablarida tahsil olgan[2]. 2011-yil ma'lumotlariga koʻra, Riley rafiqasi, germaniyalik aktrisa Alexandra Maria Lara bilan Berlinda yashaydi. Ular „Control“ filmini suratga olish paytida tanishishgan, 2009-yil avgustida turmush qurishgan va 2014-yil yanvarida tugʻilgan bir nafar oʻgʻli bor[4][5][6].
Faoliyati
tahrirAktyorlik faoliyati
Uning muvaffaqiyati 1970-yillardagi post-pank rok guruhi solisti Joy Divisionning haqidagi – „Control“ filmida Ian Curtis rolidan boshlandi[2]. Film, asosan, Riley ijrosi tufayli yuqori eʼtirofa sazovor boʻldi[7], bu unga bir qator mukofotlarni, jumladan, „Most Promising Newcomer“[8] uchun BAFTA British Independent Film Award mukofotini, BAFTA (British Academy of Film and TElevision Arts) mukofotining „Rising star“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi[2] va yana bu film uchun Mark Kermode 2007-yilning eng yaxshi aktyori boʻldi.
Ian Curtis obrazini yaratishdan oldin, Riley Michael Winterbottomning „24 Hour Party People“ filmida „Fall“ guruhi solisti Mark E. Smit rolini oʻynadi, u Factory Records davri haqida batafsil maʼlumot beradi va bu filmda Sean Harris Ian Curtis rolini oʻynagan[2]. Biroq, Rileyning sahnalari oxirgi qismdan olib tashlandi[9].
2007-yil sentabrida Riley Gerald McMorrowning ingliz ilmiy-fantastik „Franklyn“ filmida rol oʻynadi[10]. Graham Greenening romani asosida suratga olingan Brighton Rock filmida Helen Mirren bilan birga Pinkie Brown rolini oʻynadi[9]. U shuningdek, Walter Sallesning Jack Kerouacning hayoti haqidagi „On the Road“ avtobiografik asariga ishlangan filmida hikoyachi va bosh qahramon Sal Paradise rolini oʻynagan[9]. Shuningdek, u 2011-yilgi „Women in Love“ nemis komediyasida kichik rol oʻynaydi, bu filmda uning rafiqasi Alexandra Maria Lara bosh rolni oʻynaydi. Rileyning personaji esa „Wagenmeister“ deb nomlanadi.
Rejissyor Neil Jordan tomonidan suratga olingan Byzantium (2012-yil) filmida u Gemma Arterton va Saoirse Ronan bilan birga Darvell rolida paydo boʻladi.
2012-yilda Riley Angelina Jolie bilan birga Disneyning „Maleficent: Zulmat qirolichasi“ filmida Diaval rolini ijro etdi. Film 2014-yil may oyida chiqarilgan[7].
2015-yilda u Saul Dibbning Irene Nemirovskiyning „Suite Franseise“ romani asosida suratga olgan filmida Michelle Williams, Matthias Schoenaerts, Kristin Scott Thomas va Ruth Wilson bilan Benoit Labarie rolini oʻynagan.
Riley, shuningdek, 2016-yil fevralida chiqqan „Pride and Prejudice and Zombies“[11] filmida Fitzwilliam Darcy (Mr. Darcy) rolini ijro etgan.
Riley 2018-yilda Ben Wheatlyning „Happy New Year, Colin Burstead“[12] filmida „not-so welcome“ adashgan ukasi David rolini oʻynadi.
Modelerlik faoliyati
U 2008-yilgi kuz/qish mavsumida Britaniyaning Burberry modalar uyining koʻrgazmali shousida ishtirok etdi, shouga Christopher Bailery boshchilik qilgan va Mario Testino suratga olgan[13]. U 2014-yilgi kuz-qish mavsumida Stefano Pilati tomonidan ishlab chiqilgan Ermenegildo Zegnaning kostyumlar kolleksiyasida yana bir bor model sifatida koʻrinish beradi[14]. U 2015-yilda GQ ning 50 ta eng yaxshi model britaniyalik erkaklaridan biri deb topildi[15].
Xonandalik faoliyati
Bir necha yil davomida Riley Leedsning „10,000 Things“ guruhining solisti sifatida faoliyat yuritdi va bu guruh bilan yaxshigina muvaffaqiyatga erishdi. 2002-yilda Voltage Records birinchi albomi chiqqandan soʻng, yana Polydor nomli yirik albomini chiqarshdi[2]. Ular 2005-yilda tarqab ketishdi.
Tashqi havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://www.upi.com/Top_News/2018/01/08/UPI-Almanac-for-Monday-Jan-8-2018/2171515208436/
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 https://en.m.wikipedia.org/wiki/Independent_on_Sunday
- ↑ http://www.ilkleygazette.co.uk/news/1752699.chance_phone_call_brought_fame_to_a_menston_lad/
- ↑ http://www.bunte.de/meldungen/alexandra-maria-lara-endlich-ist-der-name-ihres-babys-raus-72338.html
- ↑ http://www.morgenpost.de/vermischtes/article123627670/Berlinerin-Alexandra-Maria-Lara-freut-sich-ueber-einen-Sohn.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ 7,0 7,1 https://www.theguardian.com/film/2020/jun/18/sam-riley-control-moment-my-life-good-ian-curtis-berlin-marie-curie
- ↑ http://www.bifa.org.uk/awards/winners/2007.html
- ↑ 9,0 9,1 9,2 James Mottram: The only people for me are the mad ones. Independent on Sunday: The New Review, 30 January 2011, pp 10–13
- ↑ https://www.theguardian.com/film/2011/jan/12/sam-riley-star-brighton-rock
- ↑ http://www.popsugar.com/entertainment/photo-gallery/35750189/image/35750206/Sam-Riley
- ↑ https://www.imdb.com/title/tt8122018/fullcredits
- ↑ https://web.archive.org/web/20110207081343/http://www.gq-magazine.co.uk/entertainment/articles/2011-02/04/gq-film-sam-riley-interview-brighton-rock-on-the-road/mario-testino-burberry-13-ray-winstone
- ↑ http://www.zegna.com/us/ermenegildo-zegna/couture/aw14/concept-adv-stefano-pilati.html
- ↑ https://www.gq-magazine.co.uk/style/articles/2015-01/05/best-dressed-men-2015/
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |