Sam Sunderland — (1989-yil 15-aprelda Pulda tug‘ilgan) Dubayda istiqomat qiluvchi britaniyalik ralli reyd mototsikl haydovchisi bo‘lib, 2017-yil va 2022-yillarda g‘alaba qozongan Dakar rallisida ishtiroki bilan tarixga kirgan[1].

Sam Sunderland
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Angliya
Tavallud sanasi 15-aprel 1989-yil (1989-04-15) (35 yosh)
Angliya

Faoliyati

tahrir

Sunderland 2010-yil va 2011-yillarda BAA Milliy Baja chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng 2012-yilda Honda avtomobilini boshqarib, Dakardagi debyutini oʻtkazgan[2]. U elektr nosozligi sababli uchinchi bosqichda musobaqadan chiqishga majbur boʻlgan va keyingi yili musobaqa oldidan sinovda ikkala bilagini sindirib, musobaqalarda qatnasha olmagan[3].

2014-yilda Honda jamoasi uchun Sunderland 1998-yilda Jon Dikondan beri Dakar bosqichida g‘olib chiqqan birinchi britaniyalik poygachi bo‘lgan, u ikkinchi bosqichda g‘alaba qozonib, umumiy tasnifda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, faqat dvigatel ishdan chiqishi natiasida poygalardan chiqib ketishiga majbur boʻlgan[4]. Oʻsha yilning oxirida Abu-Dabi choʻl tanlovining ikki bosqichida ham gʻalaba qozonib, Marokash rallisida ikkinchi oʻrinni egallagan, shundan soʻng KTM jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Sam 2015-yilda Marokash rallisida g‘alaba qozongan va 2016-yilda Qatar rallisida g‘alaba qozongan. U 2017-yilda Dakar rallisida g‘olib chiqqan.

Sunderland „2017-yilda mototsikl toifasida gʻalaba qozonib, Dakar rallisi tojini qoʻlga kiritgan birinchi britaniyalik boʻlgani uchun“ Qirollik avtomobil klubining 2017-yilgi Segrave kubogi sohibi boʻlgan.[5][6]

2018-yilda Dakar rallisida Sem 4-bosqichda mag‘lub bo‘lishdan oldin 1 va 3-bosqichlarda g‘olib boʻlgan[7]. 2019-yil Dakar rallisida Sem 5 va 7-bosqichlarda g‘alaba qozongan va umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan. 2020-yilda Saudiya Arabistonida Sam 5-bosqichda jarohat olib, halokatga uchragan[8].

Faoliyat natijalari

tahrir
Yilllar Turi Avtoulovi Darajasi Bosqichardagi gʻalabalar soni
2012-yil Motorbike   Honda Yoʻq 0
2014-yil Yoʻq 1
2015-yil   KTM Yoʻq 1
2017-yil 1 1
2018-yil Yoʻq 2
2019-yil 3 2
2020-yil Yoʻq 0
2021-yil 3 1
2022-yil   Gas Gas 1 1

Manbalar

tahrir
  1. „Dakar Rally: Sam Sunderland becomes first British rider to win famous race“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  2. „Sam Sunderland“. KTM.com. 2015-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  3. „Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  4. „Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.„Competitors: Sam Sunderland“. dakar.com. Retrieved 4 January 2015.
  5. „2017 Dakar winner Sunderland finds focus in freediving“. Special Broadcasting Service. Reuters (2018-yil 4-may). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  6. „Past Winners“. Royal Automobile Club. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  7. „Profile of Sam Sunderland“. Amaury Sport Organisation. 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  8. „Sam Sunderland Crashes Out of Dakar on Stage 5“. Enduro21.com. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.