Samadovlar oilasi
Samatovlar oilasi - insonparvarlikning yuksak naʻmunasini koʻrsatgan oila. Ikkinchi jahon urushi davrida, 1941 -yil Samad ota va Mangʻit ona uch oʻglonini shu jumladan, Hamit Samatovni urushga kuzatadi. Ularning22nafar bolasi bòladi Hamit Samatov mardonavor janglarda jasoratlar koʻrsatgan va urushdan soʻng turli millatning qarovsiz qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan. Hamit Samatov 1910 -yilda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan, 1988 -yilda vafot etgan. Ikkinchi jahon urushida Moskva ostanolarida jang boshlagan. Gvardiya serjanti H.Samatov, bir nechta jang operatsiyalarida ishtirok etgan va mardonavor qahramonliklar koʻrsatgan. 1943 -yil kuzida janglardan birida, Dnepr boʻyida ogʻir yaralanib, oʻzi boshchilik qilgan vzvod aʻzolarini yoʻqotadi va oqim uni xushsiz, koʻp qon yoʻqotgan holatda Dneprning sohil boʻyiga chiqarib qoʻyadi. Uni ikki ukrain ayoli qutqarib olib, dushmandan yashirib gospitalga yetkazishadi. Gvardiya serjanti H.Samatov qoʻlidan ogʻir jarohat olib, nogiron sifatida oʻz vataniga qaytadi. 1944 -yil fevral oyining sovuq kunlarining birida Hamit Samatov poyezdan tushishi bilan perronda murgʻak, ochlikdan ozib ketgan bolaning mungli non soʻragan ovozini eshitadi va unga non berib, oʻylab oʻtirmasdan soʻgʻlom qoʻli bilan uni sovuqdan asrab shineliga oʻraydi va uyiga qarab yoʻl oladi. Hali uylanmagan Hamit Samatov urushdagi ayanchli manzara va kunlarni koʻrib, bagʻrikeng qalbi bilan oʻz uyida 13 nafar turli millatga mansub (Qoʻchqor — turkman, Sunnat — oʻzbek, Nurmuhammad — tojik, Donat - rus, Karim - oʻzbek, Ivan - rus, Murod - oʻzbek, Liza — rus, Jenya — belorus, Rashid - oʻzbek, Kerim — tatar, Mirali - oʻzbek, Arslon - arman) farzandlarni asrab olib gʻamxoʻrlik qiladi. Hamit Samatov zaxiradagi polkda mehnat faoliyatini davom ettiradi. Sanobar ismli qizga uylanadi. 13 farzandni oʻz farzandidek qabul qilgan Sanobar ham xaqiqiy oʻzbek ayoli timsolida namoyon boʻladi. Samatovlar oilasida 6 farzand dunyoga keladi va 19 farznadli oilaga aylanishadi. Bolalarni tarbiyalashda Hamit Samatovning ota-onasi — Samad ota va Mangʻit onaning mehri beqiyosdir. Hamit Samatov urushdagi va urushdan keyingi jasoratlari uchun orden va medallar bilan mukofotlanadi. Gvardiya serjanti Hamit Samatov haqida maqolalar gazeta va jurnallarda chop etiladi. Bir nechta videofilimlar surʻatga olinadi. Jangdagi qahramonliklar va urushdan keyingi baʻgʻrikenglikning bir insonda namoyon boʻlishi takrorlanmas va noyob tarixiy voqea sifatida, kelajak avlod uchun oʻchmas iz qoldiradi.
Adabiyot
tahrir- Qodirov S, Odamdan yaxshi nom qolsin, T., 1975.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |