Samaire Armstrong

amerikalik aktrisa

Samaire Rhys Armstrong (sə-MEER) — amerikalik aktrisa va modelyer. U oʻzining "Stay Alive, The O.C., Itʼs a Boy Girl Thing" filmidagi rollari va ABC suratga olgan teleserial „Dirty Sexy Money“dagi „Juliet Darling“ roli bilan omma oldida mashhurlikka erishgan. U ABC kanali suratga olgan fantastik dramatik seriali „Resurrection“da Elaine Richards rolida televizorda paydo boʻladi. Shuningdek, u Hanson guruhi suratga olgan „Penny & Me“ va Daniel Powterning „Bad Day“ musiqiy videolarida suratga tushgan.

Samaire Armstrong
Samaire Armstrong 2010.jpg
Armstrong, 2010-yil
Tavalludi
Samaire Rhys Armstrong

31-oktyabr 1980
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2000–hozirgacha
Bolalari 1 nafar

YoshligiTahrirlash

Armstrong Tokioda shotlandiyalik otasi Hunter Armstrong va italiyalik onasi Sylvia Sepielli oilasida tugʻilgan. Uning onasi kurortlar uchun SPA majmualarni loyihalashtirardi. Otasi esa askarlarga yaqin jangovar mashgʻulotlarni oʻrgatardi. Armstrong Yaponiyada besh yil yashab, Havaii orollariga, keyinroq Sedona (Arizona)ga koʻchib oʻtadi va u yerda oʻsib ulgʻayadi. Sedonadagi Red Rock oʻrta maktabida tahsil oladi. U Malayziya va Xitoyda ham yashagan[1].

FaoliyatiTahrirlash

2000-yilda Armstrong oʻzining televizion debyutida Meredit rolini tasvirlagan holda "Party of Five " oʻsmirlik dramasi teleserialining epizodida rol oʻynaydi. 2000-yildan 2001-yilgacha Armstrong The X-Files, ER, Judging Emy va Freaks and Geeks kabi yuqori darajadagi telekoʻrsatuvlarda mehmon rollarini ijro etgan.

2004-yilda Armstrong HBO suratga olgan teleserial Entourageda Ari Goldning yordamchisi sifatida paydo boʻladi va Eric Murphyda qiziqish uygʻotadi. Tanqidchilar uning qahramoni Anna Stern va Emili bilan koʻp oʻxshashliklarni qayd etadilar. U oʻz faoliyati uchun maqtovga sazovor boʻladi. U serialning dastlabki ikki faslining atigi sakkizta qismida koʻrinish beradi. U CSI: Mayami va Living with Fran teleseriallarida ham rollar ijro etgan.

2010-yilda Armstrong HBO telekanali suratga olgan teleserial „How To Make It In America“ serialida Jane rolini aks ettiruvchi birinchi epizodda paydo boʻladi.

2012-yilda u „Ruhshunos“ serialining „Pink Tops“ epizodida fohisha timsolida California Tergov Byurosining maxfiy maʼlumotchisi rolini gavdalantiradi. Uning qahramoni Summer Kimball Choga nisbatan his-tuygʻulari borligini tan olganidan keyin „At First Blush“ epizodida Tim Kang tasvirlagan qahramoni Kimball Cho bilan oʻpishadi.

2013-yil sentabr oyida u Sons of Anarchy serialining 6-mavsumida „Straw“ epizodi premyerasida maktabda otishma sodir etgan sariq sochli bolaning onasi rolini tasvirlaydi

Armstrong filmdagi debyutini 2001-yilda "Not Another Teen Movie" parodiya filmidagi egizaklardan biri Kara Fratelli rolini oʻynagan. Oʻshandan beri Samaire „Would I Lie To You?“, „Gramercy Park“ va „Trash“ kabi filmlarda muhim kichik rollarda paydo boʻladi. 2006-yilda Armstrong Lindsay Lohan bilan birgalikda Lohan qahramonining eng yaqin doʻsti Meggie rolini aks ettiruvchi „Just My Lucky“ filmida rol oʻynaydi. Film kassabop bomba film deya topiladi hamda tanqidchilar tomonidan salbiy qabul qilinadi.

Armstrong 2006-yil 26-dekabrda chiqqan Kanada filmi „Itʼs a Boy Girl Thing“ komediyasida Nell Bedworth rolini oʻynaydi va tanqidchilardan ijobiy baho oladi. Film butun dunyo boʻylab 7 385 434 dollar daromad topib, muvaffaqiyatli daromad keltirgan kassabop film deb topiladi. Samairening ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholanadi. 

2008-yilda Armstrong Around June mustaqil ishqiy filmida rol ijro etadi. Filmda noqonuniy muhojirni sevib qolgan yosh ayol haqida hikoya qilinadi. Uning sevgisi uning hayotini oʻzgartiradi. Suratga olish ishlari 2008-yilda Californianing San Francisco shahrida boʻlib oʻtgan. Film 2009-yilda Santa Cruz festivalida namoyish etilgan. Shundan soʻng Armstrong 2010-yilda chiqqan yana bir mustaqil film — "The Last Harbor" kriminal trillerida rol ijro etadi. U 2013-yilda yana bir triller — 5 Soulsda ham rol oʻynagan.

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Armstrong 2007-yil oktabr oyida[2]baʼzi shaxsiy muammolarni hal qilish uchun“ „ambulatoriya muassasasida“ davolanadi[3].

2012-yil dekabr oyida Armstrong va uning oʻsha paytdagi sevgilisi Jason Christopher oʻzlarining birinchi farzandlarini dunyoga keltirishadi[4]. Armstrong Sedona shahrida yashaydi. Ushbu shaharda u oʻsmirlik davrida maktabga qatnagan. Aktrisa siyosiy faol shaxs hisoblanib, oʻzining nomzodini shahar hokimi boʻlish uchun qoʻygan[5][6].

Armstrong konservativ siyosatcha va u 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampga ovoz bergan. 2020-yilda u InstagramdaBLM milliard dollarlik mahalliy terrorchi tashkilot“ deya taʼkidlagandan keyin tanqidlarga uchraydi[7][8].

FilmografiyasiTahrirlash

FilmlardaTahrirlash

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2001 Not Another Teen Movie Kara Fratelli
2002 Would I Lie to You? Sophie Video
2003 Dark Wolf Josie Video
2006 Stay Alive Abigail
2006 Just My Luck Maggie
2006 Itʼs a Boy Girl Thing Nell Bedworth
2007 Rise: Blood Hunter Jenny
2008 Around June June
2010 Last Harbor, TheThe Last Harbor Roxanne Hall
2013 Concrete Blondes Tara Petrie
2013 5 Souls Miranda
2013 My Santa Jen Robbins
2014 Lachrymist, TheThe Lachrymist Ms. Alice Alquist Qisqa metrajli film
2014 Winter Rose, AA Winter Rose Simone
2015 Windsor Drive Brooke
2017 Carter & June June OʻMalley
2020 The 2nd Olivia
2022 Terror on the Prairie Soiled Dove

Televizion rollariTahrirlash

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2000 Party of Five Meredith Epizod: „Taboo or Not Taboo“
2000 Freaks and Geeks Laurie Epizod: „Discos and Dragons“, „Smooching and Mooching“
2000 Thatʼs Life Brittany Epizod: „When Good Ideas Go Bad“
2001 ER Tasha Epizod: „Sailing Away“
2001 Judging Amy Angie Becker Epizod: „Look Closer“
2001 X-Files, TheThe X-Files Natalie Gordon Epizod: „Lord of the Flies“
2003 Trash Gypsy TV film
2003-2006 O.C., TheThe O.C. Anna Stern
2004 Gramercy Park Jillene TV film
2004 NYPD Blue Christine Epizod: „You’re Bugginʼ Me“
2004-2005 Entourage Emily
2005 Numbers Skyler Wyatt Epizod: „Obsession“
2006 CSI: Miami Brynn Roberts Epizod: „High Octane“
2007 Staircase Murders, TheThe Staircase Murders Caitlin Atwater TV film
2007 Living with Fran Laurie Epizod: „Plastered“
2007-2009 Dirty Sexy Money Juliet Darling
2010 How to Make It in America Jane Epizod: „Pilot“
2011 Better with You Jessica Epizod: „Better Without a Couch“
2011-2012 Mentalist, TheThe Mentalist Summer Edgecombe
2012 Adopting Terror Cheryl Broadbent TV film
2013 Sons of Anarchy Darvany Jennings Epizod: „Straw“, „One One Six“
2014 Heavenly Match Casey Hart TV film
2014-2015 Resurrection Elaine Richards
2014 Winter Rose, AA Winter Rose Simone
2015 Stalker Lucy Epizod: „Salvation“
2016 Agent Carter Wilma Cully Epizod: „Smoke & Mirrors“
2016 NCIS: New Orleans Marion Watkins Epizod: „Second Chances“
2017 Arrow Laura Ramirez Epizod: „Spectre of the Gun“
2017 Grey's Anatomy Claire Nolan Epizod: „Back Where You Belong“
2017 NCIS Melissa Goodman Epizod: „Fake It Till You Make It“
2018 Robot Chicken Trish Walker / Patti Mayonnaise Dublyaj roli; Epizod: „Strummy Strummy Sad Sad“
2019 House on the Hill (aka Heʼs Out to Get You) Megan TV film
2019 Deadly Excursion Samantha McCarthy TV film
2021 Deadly Excursion: Kidnapped From the Beach Samantha McCarthy TV film

Musiqiy videolariTahrirlash

Yil Sarlavha Sanʼatkor
2004 "Penny & Me" Hanson
2005 "Bad Day" Daniel Powter

ManbalarTahrirlash

  1. Croce, Maria. „It's a Boy Gael Thing“. The Daily Record (19-dekabr 2006-yil).
  2. „Samaire Armstrong in Treatment“. Eonline.com. Qaraldi: 9-aprel 2008-yil.
  3. Jordan, Julie. „Samaire Armstrong Enters Outpatient Facility for 'Personal Issues'“. People (12-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 9-aprel 2008-yil.
  4. „Samaire Armstrong welcomes son Calin“. People Magazine (16-dekabr 2012-yil). 6-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-aprel 2016-yil.
  5. „Elaine Richards played by Samaire Armstrong“. abc.go.com. 25-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2014-yil.
  6. „Samaire Armstrong Elaine Richards“. www.ctv.ca. 18-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2014-yil.
  7. @samaire_samaire. „Don’t know Stevi... seems like the definition of racist doesn’t mean what it once did? • For some reason, now, calling out domestic terrorists who hang with “anti fascists” as they beat the front teeth out of a black American and scream “black lives matter” makes me a racist? t.co/BOuPZ5hDal“ (en) (19-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  8. „The OC actor Samaire Armstrong claims Black Lives Matter is a 'terrorist organisation'“ (en). The Independent (18-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 1-fevral 2022-yil.

HavolalarTahrirlash