Samanta

rus yozuvchisi Yuriy Yakovlev qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami

„Samanta“rus yozuvchisi Yuriy Yakovlev qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga kiritilgan „Samanta“ qissasini Baxtiyor Bobonov, uch hikoyani Mirzamurod Alimov tarjima qilgan.

Samanta
Muallif(lar) Yuriy Yakovlev
Tarjimon(lar) Baxtiyor Bobonov
Mirzamurod Alimov
Til ruscha
Janr(lar)i qissa va hikoyalar
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 176
ISBN ISBN 5-8250-0200-6

Toʻplam oʻrta maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan. „Samanta“ qissasida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi bosh kotibi Yuriy Andropov bilan maktub orqali yozishgan va pirovardida kotib taklifi bilan Sovet Ittifoqiga safar qilgan AQShlik qizaloq Samantha Smith haqida hikoya qilinadi. Hikoyalarda esa Ikkinchi jahon urushi fojialari haqida soʻz yuritiladi.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: T. Alimov – muharrir, R. Ligay – rassom, A. Shoalimova – rasmlar muharriri, U. Kim – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Qissa va hikoyalar tahrir

Qissalar

Hikoyalar

  • „Koʻktargʻoq“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
  • „Boʻlinma turgan joyda“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
  • „Yulya“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)

Manbalar tahrir

  1. „Samanta“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.