Yuriy Vladimirovich Andropov (1914, Stavropol oʻlkasi — 1984.9.2, Moskva) — KPSS MK bosh kotibi (1982—84), sobiq Ittifoq Oliy Kengashi raisi (1983-yildan), 1947-yildan Kareliya KP(b) MK 2-kotibi. 1951—52 yillarda KPSS MKda ishlagan. 1953— 57 yillarda Ittifoqning Vengriyadagi elchisi; sovet qoʻshinlarining Vengriyaga kiritilishida qoʻli boʻlgan (1956). 1957-yildan KPSS MK boʻlim mudiri. 1962-67 va 1982-yil maydan KPSS MK kotibi. 1973-yildan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1967-yildan nomzod). 1967—82 yillarda Ittifoq davlat xavfsizligi qoʻmitasi raisi; bu paytda A. rahbarligi ostida gʻayri fikrlovchilar va inson huquqlarini himoya qilish harakatiga qarshi repressiv chora-tadbirlar (qamash, fuqarolikdan mahrum qilish va boshqalar) amalga oshirildi. Bosh kotib sifatida partiya va davlatdagi inqirozni maʼmuriy usullar bilan toʻxtatishga uringan[1]

Yuriy Andropov

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir