62
Самарий
Sm
150,36
4f66s2

Samariy (lotincha Samarium), Sm — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 62, atom massasi 150,36. Samariy — kumush kabi oq metall, suyukdanish temperaturasi 1072°, zichligi 7,54 g/sm³. Ilk bor 1879-yilda Uralda topilgan samarskit mineralidan ajratib olingan. l49Sm izotopi yadrosi sust neytronlarni oʻta kuchli yutish xususiyatiga ega boʻlgani sababli Samariy yadro reaktorlarining moslovchi oʻzaklarida ishlatiladi. Samariyning kobalt bilan intermetall birikmasi SmCo5 acosida juda quvvatli oʻzgarmas magnitlar tayyorlash mumkin.[1]

Argon gazi ostida ampuladagi samarium

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil