"SAMARQAND" — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1913-yil 15-apreldan Samarqand shahrida haftada 2 marta oʻzbek, fors va rus tillarida chiqqan. Noshiri va muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy (1874— 1919). "S."da Turkiston oʻlkasi xalqlarining taraqqiyoti koʻzlangan va jamiyatdagi islohotlarni yoqlovchi maqolalar va sheʼrlar chop etilgan.

Yevropa va AQShda nashr etiladigan gaz.lar va ularning oʻquvchilari haqida ham xabarlar berilgan. Hoji Muin, Munavvarqori, Fitrat, Kamiy, Saidrizo Alizoda, SiddiqiyAjziy, Nusratilla Qudratilla oʻgʻli (Milliy), Rojiy va boshqa jadid adiblarining asarlari eʼlon qilib turilgan. Adadi 400—600 nusxadan iborat boʻlgan. 1913-yil 17-sentabrda 45soni chiqqach, moddiy qiyinchilik sababli toʻxtagan. Bu vaqtda M. Behbudiy "Oyna" jur.ni chikarishni boshlagan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abduazizova N. A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil