Samarqand (roman)
Samarqand (fransuzcha: Samarcande), asli livanlik fransuz yozuvchisi Amin Maaluf tomonidan yozilgan tarixiy fantastik roman. Asar voqealari 11-asrda yashagan fors shoiri Umar Xayyom va uning „Ruboiylar“ sheʼriy toʻplami haqida hikoya qiladi. Roman Maison de la Presse mukofotiga sazovor boʻlgan[1].
Muallif(lar) | Amin-Maaluf |
---|---|
Tarjimon(lar) | Abdumurod Koʻchiboyev (oʻzbekcha) |
Mamlakat |
Fransiya Livan |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1988-yil 1-mart |
Sahifalar soni | 276 |
ISBN | 2-7242-4133-9 |
Syujeti
tahrirAsarning birinchi qismi 11-asrda Fors (hozirgi Eron) va Markaziy Osiyo hududida boʻlib, olim, faylasuf va shoir Umar Xayyom atrofida sodir boʻladi. Unda Saljuqiylar imperiyasi hukm surayotgan tarixiy bir davrda Xayyomning ruboiylari yaratilishi, shoirning saltanat vaziri Nizomulmulk hamda hashshoshiylar firqasi asoschisi Hasan ibn Sabboh kabi tarixiy shaxslar bilan muloqotlari va buxorolik shoira Jahon bilan ishqiy munosabati haqida hikoya qilinadi.
Asarning ikkinchi qismida Benjamen Umar Lessaj ismli xayoliy amerikalikning Erondagi va u bilan bogʻliq sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asar qahramoni 1905—1907-yillardagi Fors Konstitutsiyaviy inqilobi davomida Fors tarixiga guvoh boʻlgan Umar Xayyom ruboiylarining (xayoliy) asl nusxasini qoʻlga kiritadi va uni Titanik kemasi bilan birga choʻkib ketishiga sababchi boʻladi.
Asar haqida fikrlar
tahrirPokistonlik jurnalist Ahmad Rashid Britaniyaning The Independent gazetasida kitob haqida quyidagicha yozadi[2]:
Maaluf gʻayrioddiy asar yozgan boʻlib, kitobda avvallari hech qachon badiiy adabiyotda paydo boʻlmagan va bundan keyin ham paydo boʻlishi dargumon odamlarning hayoti va davri tasvirlangan. Kitob oddiy tarixiy romandan koʻra koʻproq ish hisoblanadi. Asar sharqona gilamning murakkab kashtasi kabi yuz yillar davomida oldinga va orqaga toʻqib, soʻfiylik oʻtmishining sheʼriyati, falsafasi va ishtiyoqini modernizm bilan bogʻlaydi.
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirSamarqand romani fransuz tili mutaxassisi va tarjimon Abdumurod Koʻchiboyev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Romanning 1-qismi oʻzbek tilida „Jahon adabiyoti“ jurnalining 2003-yil 6-7-sonlarida, ikkinchi qismi esa ayni jurnalning 2005-yil 7-8-sonlarida chop etilgan. Samarqand romani uchun muallif Amin Maaluf 2018-yil oktabr oyida Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonasida Samarqand shahrining faxriy fuqarosi deb topiladi[3].
Yana qarang
tahrir- 20-asr fransuz adabiyoti
- Malikshoh
- Alp Arslon
Manbalar
tahrir- ↑ „Prix Maison de la Presse: Historique depuis 1970“ (French). sndp.fr. Syndicat National des Dépositaires de Presse. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.
- ↑ Rashid. „Poetry lovers tricked by a drowned manuscript: Samarkand“. The Independent (1992-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.
- ↑ Omonto'rayeva, Gulchehra. „Amin Maaluf: “Samarqand sayqali roʻyi zamin ast!”“. Xalq so'zi online (10-oktabr 2018-yil). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2023-yil.