Hasan ibn Sabboh - 1051-yilda Fors (Eron) da tugʻilgan. Markazi Alamut (Burgut uyasi) boʻlgan hashshoshiylar (Ismoiliylar) tashkil qilgan shialar guruhiga mansub oʻrta asr davlati asoschisi. Hasan ibn Sabboh Misr fotimiylarining malayi boʻlgan. Maʼlumki fotimiylar islom olamidagi eng yirik shialar guruhi boʻlgan. Ular XI asrning 2-yarmida Hasanni Eronga shialikni targʻibot qilishga yuborishgan. Biroq Hasanga fotimiylarning murosasizlik siyosati yoqmadi va ulardan ajralib chiqib buyuk davlat qurishga qaror qildi. Hasan 1081-yildan Qohirada oʻziga tarafdor yigʻa boshladi. Notiqlik sanʼatidan durustgina taʼlim olgani unga qoʻl keldi. Kichik Osiyoga kelgan hashshoshiylar saljuqiylarning qatagʻoniga uchradi. Taʼqibdan qochib Alamut qal’asini egallashdi. Saljuqiylarning bosh vaziri Nizom ul-Mulk ularning xatarli kuch ekanligini angladi va ularga qarshi qatagʻonni ommaviylashtirdi. Biroq Sulton Malikshohning vafoti hashshoshiylarning faol harakatiga turtki boʻldi va ular oʻzlarini mustaqil deb eʼlon qilishdi. Vaziyatdan foydalangan Hasan zabt etgan hududlarida shariatni kuchdan qoldirdi. Ularning gʻoyasiga zid fikrlovchilar oʻlimga hukm qilinadigan boʻldi. Hasan saljuqiylar joriy qilgan barcha soliqlarni bekor qildi va aholini ommaviy jamoat ishlariga jalb qildi. Tez orada Alamut mustahkam qal’aga aylandi. Biroq Hasanning buyuk davlat tuzish rejasi xomhayol boʻlib chiqdi. Shundan soʻng u dunyoga dahshat solish uchun katta qoʻshin tashkil qilishdan voz kechdi va yollanma qotillar (fidoiylar)ni tashkil etishga kirishdi. U qotillarni saralab imtihon oʻtkazardi, 200 nomzod ichidan 5-10 kishi olinardi. Odamkushlik firqasiga aʼzo boʻlganlarga ortga qaytish yoʻqligi aytilib ongi zaharlanardi. Ular asosan, rohib, savdogar, tabib, masxaraboz, darvish qiyofalarida faoliyat koʻrsatgan. Alamutdagi pirlar minglarcha kishilarni gumrohlikka yetaklagani yetmagandek, ular nazoratidagi aholining barchasi giyohvandga aylangandi. Hasan ibn Sabboh oʻz ortidan ergashtirish uchun turli hiylalarni ishlatgan. Uning bir nechta qiyofadoshlari boʻlib, bir qiyofadoshi giyohvand moddalardan mast boʻlib oʻzini yoqib yuborgan. Ertasiga Hasan omma oldida koʻrinish bergan. Mazkur firibgarlik barchani qoyil qoldirgan. Hasan ibn Sabbohning vafotidan soʻng hashshoshiylar davlati yana 150 yil yashadi. Moʻgʻul xoni Xulaku Alamutni vayron qilib (1256) ularning faoliyatini toʻxtatdi. Hashshoshiylarning eng soʻnggi manzilgohlari Misr mamluklar sultoni Qulovun (1273) va uning vorisi Malik Ashraf tomonidan tugatildi (1284).

Hasan ibn Sabboh
Tavalludi 1037[1][2][3]
Vafoti 12-iyun 1124[1][3]
Fuqaroligi Saljuqiylar imperiyasi, Fotimiylar xalifaligi va Ismoiliylar davlati[1]
  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 — Т. 2. — С. 193.