Ismoiliylar davlati - 1090 y. ismoiliylar tuzgan davlat. Markazi Alamut boʻlgan. Unga Eron, Suriya va Ozarbayjondagi bir necha viloyat, shahar va qalʼalar kirgan. I. d. yaxlit hududga birlashmagan edi. Bu davlat hashsho-shiylar harakati natijasida vujudga kelgan. I. d. asoschisi Hasan ibn Sab-boh (1124 y. vafot etgan) va uning avlodlari cheklanmagan siyosiy hamda maʼnaviy huquqqa ega boʻlgan. Mahalliy va xalqaro savdo yoʻlida joylashgan Koʻhiston viloyati I. d.ning taraq-qiy etgan qismi edi. Eng yaxshi yaylov va yerlarning , karvonlardan keladigan bojlarning koʻpligi tufayli I. d. iqtisodi tez rivojlandi. Ammo mulkiy tengsizlikning oʻsib borishi bilan I. d.da siyosiy kurash avj oldi. 13-asrning 1 -choragida I. d. tepasida turgan xalqchil guruh xorazmshoh Jaloliddin Manguberdini moʻgʻullarga qarshi kura-shini qoʻllab-quvvatlagan. Biroq key-inchalik I. d.dagi ichki qaramaqarshilikdan foydalangan moʻgʻullar Alamutni (1256), I. d.ning Suriyadagi mulklarini esa mamluklar egalladi.

Adabiyot

tahrir
  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Istoriya stran zarubejnoy Azii v sredniye veka, M., 1970.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil