Samarqand arxitektura qurilish universitetidagi yongʻin (2024)
Samarqand arxitektura-qurilish universitetidagi yongʻin — 2024-yilning 1-oktyabr sanasida Samarqand shahrida joylashgan Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida qurilayotgan yangi faollar zalida sodir boʻlgan yongʻin. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq[1].
Samarqand arxitektura qurilish universitetidagi yongʻin | |
---|---|
Asosiy | |
Turi | yongʻin |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joy | Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti |
Sana | 2024-yil 1-oktyabr |
Vaqt | 23:45 UTC |
Talofatlar | |
Jabrlanganlar | 0 |
Xarita |
Kelib chiqishi
tahrir2024-yilning 1-oktyabr sanasida, soat 23:45 da Samarqand shahri Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan, qurilishi bitmagan faollar zalida yongʻin chiqqanligi haqida viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan[1].
Samarqand viloyati FVB axborot xizmati xabariga koʻra, yongʻinni bartaraf etish uchun 6 ta qutqaruv ekipaji jalb etilgan[2]. Ekipaj hodisa joyiga 23:54 da yetib borgan[3], hamda soat 00:30 ga qadar yongʻin bartaraf etilgan[1].
Oqibatlari
tahrirYongʻin oqibatida eski qurilish mollariga zarar yetgan[4]. Jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq[1][2].
Tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, hodisaning kelib chiqish sabablari oʻrganilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Самарқанд архитектура-қурилиш университетида ёнғин содир бўлди“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Самарқанддаги Архитектура-қурилиш университетида ёнғин содир бўлди“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Самарқанд Давлат Архитектура-қурилиш институтида ҳам ёнғин содир бўлди“. https://aniq.uz. Aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Самарқанд давлат архитектура ва қурилиш институтида ёнғин содир бўлди“. https://platina.uz. Platina. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Самарқанд архитектура-қурилиш университетида ёнғин содир бўлди“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.