Samarqand quzgʻoloni
Samarqand quzgʻoloni - mahalliy xukmdorlar va rus podsho hukumatiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1868-yil 1—8 iyun). 1868-yil 1 mayda rus podsho qoʻshinlari Samarqandni egallagach, general K. P. Kaufman shahar va uning atrofida joylashgan viloyatlardagi mahalliy amaldorlar oʻz oʻrinlarida qoldirilganini, xalq bungacha mavjud boʻlgan soliqlarni podsho Rossiyasi xazinasiga topshirmogi lozim ekanligini eʼlon qilgan. Oʻsha yilgi soliklar toʻla undirilganiga qaramay, podsho hukumati aholiga qayta soliq solishni talab qilgan. Samarqand viloyatida general N.N. Golovachyov boshliq harbiybyurokratik hokimiyat tashkil qilinib, mehnatkash aholi mahalliy amaldorlar va podsho maʼmuriyati tomonidan ezilishi Samarqand quzgʻoloniga sabab boʻlgan. 1 iyun kuni amir Muzaffarning toʻngʻich oʻgʻli Abdulmalik toʻra boshchiligidagi qoʻshinlar Shaxrisabzdan Samarqandga yoʻl olishgan. Ularning yetib kelishi bilan ruslarga qarshi qoʻzgʻolon boshlangan. Qoʻzgʻolonda xitoyqipchokdar, naymanlar, tuyoklilar, urgutliklar, panjakentliklar, qoraqalpokdar va shaharliklar qatnashgan. Qoʻzgolonchilar dastlab Choʻponota tepaligida yigʻilganlar. 2 iyun kuni qalʼaga xujum boshlangan. Oʻsha davrda Samarqand qalʼasining ikkita darvozasi boʻlgan. Asosiy janglar janubida Ruhobod maqbarasi tarafida joylashgan Buxoro darvozasi atrofida boʻlgan. Baʼzi mulumotlarga qaraganda janglarda vatanparvarlardan 6 mingdan ziyod odam qatnashgan.
Qoʻzgʻolonga dastlab Shahrisabz va Kitob beklari Joʻrabek va Bobobeklar, keyinchalik Abdulmalik tura rahbarlik qilishgan. Qoʻzgʻolonchilar rus askarlari joylashgan qalʼaga qattiq hujumlar uyushtirishgan. Butun shahar aholisi qoʻzgʻalgan. Biroq amir qoʻshinlari Zirabuloq jangida ruslar tomonidan tormor keltirilganini eshitgandan soʻng va 4 iyun kuni ruslar Shahrisabzga yurish boshlaganligi toʻgʻrisida yolgʻon mishmishga ishongan Kitob va Shaqrisabz beklari Samarqanddan chiqib ketishgan. Keyinchalik qoʻzgʻolonni Ibod Salimboyev, Toʻxtaxoʻja Naʼlgar, Zokirboy Razzoqboyev, Abdusharof Abdulfatovlar boshqarishgan. Kuchlarning zaiflashishiga qaramay samarqandliklar qoʻzgʻolonni toʻxtatmay 7 iyungacha davom ettirishgan, lekin qoʻzgʻolonchilar uyushtirgan hujumlar ancha susaygan. 2 kun mobaynida podsho qoʻshinining 150 kishisi safdan chiqqan. 8 iyun kuni podsho qoʻshiniga yordamga ilgʻor qismlar yetib kelgandan keyin qattiq jang boʻlib, Samarqand ruslar tomonidan ishgʻol qilingan.
1868-yil 8 iyunda Kaufman buyrugʻi bilan Samarqand birvarakayiga toʻpga tutiladi. Shaharni batamom yoqib yuborish haqida buyruq olgan askarlar qirgʻin boshlaydilar. 9 iyunda minglab kishining yostigʻini quritgan Samarqand fojiasi boshlanadi. Qatli om 3 kun davom etadi. Yuzlab odamlar hech qanday tergovsiz, soʻroqsiz otib tashlandilar. 19 kishi, jumladan, qoʻzgʻolon faollari Sibirga surgun qilingan. Umuman olganda Samarqand quzgʻoloni tarixda muhim oʻrin tutadi. S. Ayniynpnt fikricha, Abdulmalik toʻraning harakati va qoʻzgʻolonchilarning jasorati tufayli Kaufman Buxoroga hujum qilishdan voz kechishga va sulh tuzishga majbur boʻlgan.
Manba: Mirza Abdulazim Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M., 1962.
Adabiyot
tahrir- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.
Azim Malikov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |