Samarqand rus drama teatri, A. P. Chexov nomidagi Samarqand rus drama teatri – Oʻzbekistondagi dastlabki rus teatrlaridan biri. Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlariga xizmat qilishga moʻljallangan. 1917-yil A. Yurenyev Limontov rahbarligidagi „Samarqand rus teatr studiyasi“ xalq teatriga aylantirilgan. Davlat teatri sifatida oʻz faoliyatini 1918-yil „Momaqaddiroq“ (Aleksandr Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan. Truppa N. Rubenskaya Yemelyanova, F. Ranevskaya, V. Rjevskaya, A. KlavdinaTelegina, N. NagorniyGalikov, N. Moskvin, F. Gorkiy, A. Ribakov, A. Nerashova Yejyova, A. Brailovskiy kabi maxsus teatr taʼlimotiga ega aktyorlardan tashkil topdi. A. YurenyevLimontov bosh rejissyor va direktor etib tayinlanadi. Tez orada teatr repertuaridan badiiy jihatdan ancha yetuk „Serdaromad joy“ (Anton Chexov), „Tubanlikda“, (M. Gorkiy), „Qaroqchilar“ (F. Shiller) kabi asarlar bilan bir qatorda shakllanib kelayotgan yosh dramaturglarning asarlaridan „Kirol sartaroshi“ (A. Lunacharskiy), „Ikki dunyo“ (Ye. Volniy), „Tong oldidan“ (A. Yurenyev Limontov) va boshqa spektakllar joy oldi. Teatr yil sayin oʻsib, rivojlanib bordi, uning tarkibi Garnizon teatri aktyorlari (M. BelinBelinovich, K. Shorshteyn va boshqalar) bilan toʻldirildi. 1925-yildan (Oʻzbekiston poytaxtining Samarqandga koʻchirilishi munosabati bilan) Oʻzbekiston xalq maorifi komissarligi krshidagi Respublika rus drama teatri deb yuritila boshlandi. Jamoa „Degayevning sotkinligi“ (V. Shkvarkin), „Konstantin Teryoxin“ (V. Kirshon) kabi pyesalarni muvaffakiyat bilan sahnalashtirdi.

1930-yil Respublika poytaxti yana Toshkentga koʻchirilib, teatr Samarqand viloyat teatriga aylantirildi. 1933-yil oʻzbek teatri bilan, 1935-yil Samarqand yosh tomoshabinlar teatri bilan birlashtirilib Samarqand viloyat birlashgan teatr nomini oldi. Rus truppasi Rossiyaning markaziy shaharlaridan taklif qilingan I. Shkvalov, Yu. Alyabyev kabi aktyor va rejissyorlar, M. Yesipov, V. Zotov, A. Patrashkin, keyinchalik A. Larin kabi rassomlar bilan toʻldirildi. Bu davrda teatr oʻziga xos repertuar yaratishga harakat qilib, „Darz“ (B. Lavrenyov), „Lyubov Yarovaya“ (K. Trenyov), „Aristokratlar“ (N. Pogodin), „Tanya“ (A. Arbuzov) va boshqa asarlarni sahnalashtirdi.

Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi kishilar qahramonligi, vatanga muhabbat va sadoqat, front hayotini ifodalovchi „Batalon Gʻarbga boradi“ (G. Mdivani), „Hamshahar yigit“ (K. Simonov), „Hayotbaxsh oʻlim“ (Be. Vishnevskiy), „Front“ (A. Korneychuk), „Hamla“ (L. Leonov) kabi asarlarni sahnaga qoʻydi. 1944-yil jamoa oʻzbek truppasidan ajralib chikdi. Urushdan keyin teatrning ijodiy yoʻlini N. Martinova, M. Lyubanskiy, V. Verovskaya, N. Balayev, Ye. Sokolova, Ye. Karelskaya kabi aktyorlarning isteʼdodi belgilab berdi. 50—60 yillar teatr repertuarida oʻzbek dramaturglarining asarlari salmoqli oʻrin egalladi: „Yurak sirlari“ (B. Raxmonov), „Navbahor“ (Uygʻun), „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“ (Hamza), „Imon“ (I. Sulton), „Lulini aldab bulmaydi“ (R. Bobojon), „Yudduzlar jamoli“ (S. Azimov), „Vatan ishqi“ (Sh. Saʼdulla, 3. Fatxullin), „Mirzo Ulugbek“ (M. Shayxzoda), „Qizbuloq“ (T. Tula) va boshqa shular jumlasidan. 1957-yil Samarqand viloyatlararo rus drama teatriga aylantirildi. 1959-yil teatr krshida „drama studiyasi“ tashkil qilinib, yosh aktyorlarning shakllanishi va ijodiy kamolotida muhim rol uynadi. 1964—87 yillar teatrga A. Grinberg bosh rejissyorlik kiddi. Jamoa ijodiy izlanishlarda davom etib, repertuarni boyitib bordi. 1977-yil teatrga Anton Chexov nomi berildi. 80 yillar teatrga oliy oʻquv yurtlarini tugatgan iktidorli rejissyorlar, izlanuvchan aktyorlar qabul qilindi, yangi rejissyorlik talqinlari paydo boʻldi. „Vodevil kechasi“ (Anton Chexov), „Sunggilar“ (M. Gorkiy), „Quturgan pullar“ (Aleksandr Ostrovskiy), „Ezop“ (G. Figeyredu), „Zuldir“ (A. Ibroximov), „Kiyomat qarz“, „Oʻz arizasiga koʻra“ (Oʻ. Umarbekov), „Toshkentda tuman“ (I. Tuxtayev) va boshqa asarlar kuyiddi.

Mustakillik yillarida teatr uz anʼanalarini davom ettirib milliy va jahon dramaturgiyasining sara namunalarini sahnalashtirdi. Teatrga yaqin ijodiy kuchlar qoʻshildi, iqtidorli ijodkorlar V. Basalayev, V. Shleykin, M. Xachaturov, S. Kapriyelov, S. Genkin, A. Tarasovlar bosh rejissyorlik qildilar. „Parijlik kelin“, „Daogen“ (V. Konstantinov), „Nasriddinning besh xotini“ (I. Sodiqov), „Vir stakan suv“ (A. Skrib), „Noraso“ (D. Fonvizin), „Aybsiz aybdorlar“ (Aleksandr Ostrovskiy), „Mariya Styuart“ (F. Shiller), „Medeya“ (Yevripid), „Ostona“ (A. Dudarev), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov), „Yolgʻonchining xotini“ (J. Ennekyon), „Sevgi ketchupi“ (M. Zadornov), „Koshkin uyi“ (S. Marshak), „Yovvoyining sevgisi“ (A. Kassone) kabi spektakllar soʻnggi yillar mahsulidir. S. Barasheva, A. Tarasov, S. Shamsutdinov, S. Ivargizov, R. Xairov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rejissyor – V. Brodyanskiy, bosh rassom – N. Sultonov (2004).

Eson Oʻrinov[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil