Samarqand sharob kombinati
Samarqand sharob kombinati (Samarqand vino zavodi) — vinoarak, sanoatining eng yirik korxonalaridan biri. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Xeres va Madera tipidagi markali uzum vinolari, balzamlar, konyaklar va konyak ichimliklari, likyoraraq mahsulotlari, etil spirti va boshqa ishlab chiqaradi.
Korxona tarixi 1868-yilda isteʼfodagi rus ofitseri D.L. Filatov tomonidan kichik vino zavodi qurilib, mahalliy uzum navlaridan vino mahsulotlari ishlab chiqarilgan davrdan boshlanadi. 1919-yilda barcha vino zavodlari, shu jumladan, Filatovning vino zavodi ham davlat tasarrufiga olingan, 1922-yildan 1sonli vino zavodi sifatida "Turkvino" (1926-yildan "Oʻzbekvino") davlat tresti tarkibiga kirgan. Oʻsha davrda i.ch. quvvati 60 ming dekalitrga yetgan. 1940-yilda zdga professor M. A. Xovrenko nomi berilgan. 1981-yilda vino kombinatiga aylantiriddi. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyad orlik jamiyati. Samarqand viloyat tumanlarida vino tayyorlash punktlariga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan "Tillakori", "Samarqand", "Afrosiyob", "Sugʻdiyona" konyaklari, "Samarqand" balzami, "Oʻzbekiston" portveyni, "Vermut", "Gʻoʻlakandoz", "Bogʻi maydon", "Bogʻi Shohrux" oshxona, desert vinolari xalqaro yarmarkalarda oltin va kumush medallar olgan. 2002-yilda 302 ming dal uzum vinosi, 49 ming dal konyak, 5 ming dal likerarak mahsulotlari, 17 ming dal rektifikatsiyalangan spirt mahsulotlari ishlab chiqarildi, 553 ming dal vinokonyak mahsulotlari eksport qilindi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |