Sametbey Mehmandarov
Sametbey Mehmandarov — Ozarbayjon artilleriya generali.
Sametbey Mehmandarov | |
---|---|
Tavalludi |
1855 Lankaron |
Vafoti | 1931 |
Unvoni | artilleriya generali |
Jang/urush | Rus-yapon urushi |
1855-yilda Lankaronda tug‘ilgan. Bokudagi oʻrta maktabda oʻqigan. 16 yoshida Konstantinovka artilleriya maktabiga oʻqishga kirdi. 1875-yil dekabr oyida u leytenant unvoniga koʻtarildi va uchinchi darajali „Muqaddas Stanislav“ bilan taqdirlandi. U 1890-yilda kapitan, 1898-yilda podpolkovnik, 1901-yilda polkovnik, 1904 yilda brigada generali unvonlariga koʻtarildi. U Rus-yapon urushida (1904—05) katta qahramonlik koʻrsatdi, 1908-yilda artilleriya generali (general-leytenant unvoni bilan teng) unvoniga koʻtarildi.
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topganidan keyin 1918-yil 25-dekabrda mudofaa vaziri etib tayinlandi va qisqa vaqt ichida 30 ming kishilik armiya tuzishga muvaffaq boʻldi.
Ozarbayjon milliy hukumati ag‘darilib, sovet hokimiyati o‘rnatilganidan keyin hibsga olingan, biroq ikki oydan so‘ng ozod etilgan. Harbiy maktablarda dars bergan, 1928-yilda nafaqaga chiqqunga qadar Ozarbayjon SSR Harbiy va dengiz kuchlari komissarligida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
1931-yilda vafot etgan[1].
Manba
tahrir- ↑ „Azerbaycan’ın askeri tarihi. Samet bey Mehmandarov“. 7 şubat 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 kasım 2012.