Samoʼ (arab. — eshitmoq, tinglamoq) — 1) musulmon madaniyatida shogirdlarning hadis va boshqa diniy asarlarni oʻzlashtirish yoʻli, ularni yozuv matnga qarab emas, balkim murshidlardan eshitib olib yodlash usuli; 2) 9-asrdan sufiylarning diniy gʻazallarni ohangga solib oʻqish uslubi; 3) (zikru S.) — Oʻrta va Yaqin Sharqsa shasavvuf mazmunidagi asarlarni musiqiy, baʼzida esa (mas, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida va boshqalarda) tana harakatlari vositasida ham ijro etish anʼanasi. 9—10-asrlarda shakllangan boʻlib, keyinchalik deyarli barcha tariqat (qodiriya, kubroviya, yassaviya, naqshbandiya va boshqalar)da turli koʻrinishlarda keng tarqalgan. S. amaliyotida musiqiy cholgʻular (tanbur, dutor, rubob, nay, chang, ud va boshqalar) bilan birgalikda oʻyin usullari ("chorzarb", "samoiy", "yak qars", "besh qars" va hokazo) ham jalb qilingan. 18—19-asrlarda S anʼanalari zikr, kashta ashula (xonaqoiy, haqqoniy), katta oʻyin turkumlar tarkibiga, turk maqamlarchgg. ("Ogʻir Samoiy", "Yuruk Samoiy", "Soz Samoiysi"), arab mumtoz musiqasi ("Samoy darj", "Samoy bashraf" va boshqalar) ga singib ketgan. S. masalalari Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy, Xujviriy va boshqa tasavvuf nazariyotchilari asarlarining alohida bob va fasllarida batafsil sharhlangan.

Abdumannon Nazarov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil