Samo Sport majmuasi — Fargʻona shahrida joylashgan sport majmuasidir. Arenada asosan futzal oʻyinlari, shuningdek, 10 ga yaqin sport turidan musoboqalar oʻtkaziladi.

Samo Sport majmuasi
Manzili Fargʻona
Oʻzbekiston
Konstruksiya
Ochilgan 2019-yil 7-Oktyabr
Qurilish qiymati 4 million USD

Tarixi tahrir

Samo Sport majmuasi 2017—2019-yillar davomida Fargʻona viloyatida qurilgan. Sport majmuasini „426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna“ qurilish korxonasi tomonidan qurilgan. Qurilish qiymati 40 milliard 356 million soʻm baholangan va Fargʻona viloyati hokimligi tomoniyat moliyalashtilgan. Majmuaning ochilishi 2019-yil 7-oktyabrda oʻtkazilgan[1].

Tavsifi tahrir

 
4000 ming tomoshabingga moʻljallangan asosiy sport zal

Sport majmuasi koʻp maqsadli sport oʻyinlarida foydalanish uchun qurilgan boʻlib, yakka kurash sport oʻyinlari uchun maxsus 4 ta zal, 4 ming oʻrindiqqa ega katta zaldan iborat. Majmua tashqi maydonida basketbol maydonchasi ham mavjud. Majmuada bir ncha sport turlari, gimnastika, boks, milliy kurash, karate, dzudo kabi 20 yaqin sport toʻgaraklari faoliyat yuritadi[2][3]. Majmuada mahallaiy va Oʻzbekiston miqiyosidagi sport musoboqalar oʻtkazilib kelinmoqda. Majmua shuningdek bir necha biznes va savdo koʻrgazmalarni ham oʻzida oʻtkazdi[4].

Musoboqalar tahrir

Samo arenasi 2021-yilda oʻtkazilgan voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi[5]. Musoboqa oʻyinlari 17-avgust va 22-avgust kunlari oraligʻida oʻtkazildi[6].

Sport majmuasida asosiy sport turi sifatida futzal musoboqalari oʻtkazib kelinadi. Arena OʻzPFL tomidan oʻtkaziladigan Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oʻyinlaridagi mezbon stadionlardan biridir[7]. Arenada mahalliy Neftchi futzal jamoasi mashgʻulotlar olib boradi.

FIFAning 2023-yil 23-iyuldagi navbatdagi yig‘ilishida Oʻzbekiston FIFA futzal Jahon chempionati 2024 musoboqasi mezboni sifatida tanlandi. Oʻzbekiston FIFAga yoʻllagan arizasida mezbonlik qiladiagan arenalar roʻyhatiga Samo sport arenasini ham jahon chempionati oʻtkazishi mumkun boʻlgan va talablarga javob beradigan stadionlarga kiritgan[8][9].

Manbalar tahrir

  1. „Farg'ona shahrida ko'p tarmoqli sport majmuasi foydalanishga topshirildi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  2. „Fargʻona shahrida 40 milliard 356 million soʻmlik sport majmuasi foydalanishga topshirildi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  3. „Yoshlar sporti | Fargʻona viloyatida qurilgan yangi „Samo“ sport majmuasi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  4. „Farg‘ona shahrining “Samo” sport majmuasida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  5. „Fargʻonada ilk marotaba voleybol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati oʻtkaziladi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  6. „Voleybol: dastlabki Markaziy Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  7. „Futzal. Oliy liga 1-turiga mezbonlik qilayotgan Farg'onadagi "Samo" arenasidan fotoreportaj“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  8. „Futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tadi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  9. „FIFA futzal bo'yicha JCH oldidan O'zbekistondagi futbol infratuzilmasini o'rganib chiqadi“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.

Havolalar tahrir