Samolyot sporti — sportning harbiytexnik turi; ogʻirligi va dvigateli turlicha boʻlgan samolyotlarda uchish tezligi, balandligi, uzoqligi, davomiyligi, tez koʻtarilishi va yuk koʻtarishi boʻyicha rekordlar oʻrnatish, shuningdek, sport samolyotlarida uchuvchilik mahorati boʻyicha musobaqalashish. Samolyot sporti 20-asrning boshlarida vujudga kelgan. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi (FAI, 1905-yil tashkil etilgan) ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo. Jahon chempionatlari faqat uchuvchilik mahorati boʻyicha oʻtkaziladi (1960-yildan). Yana q. Aviatsiya sporti.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil