Samoviy ishq (Koreyschada:Cheonguk-ui Gyedan) — 2003-yilgi Janubiy Koreya teleseriali. Filmda Choy Ji-vu, Kvon Sang-vu[1], Kim Tae-xi va Shin Hon-jun ishtirok etgan. SBS telekanalida 2003-yil 3-dekabrdan 2004-yil 5-fevralgacha chorshanba va payshanba kunlari soat 21:55 da 20 qism efirga uzatilgan. Shou sarlavhasi pastki lavhalarda tez-tez ishlatiladigan Led Zeppelin qoʻshigʻidan olingan.

Samoviy ishq
Janri Romantik, melodramma
Rejissyor Lee Jang-soo
Ssenariynavis(lar) Park Hye-kyung
Rollarda Choi Ji-vu
Kvon Sang-vu
Kim Tae-hi
Shin Hyun-jun
Bastakor(lar) Choi Kyung-sik
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til Koreys
Qismlar soni 20
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Lee Jang-su
Studiya(lar) Logos Film
Efirga uzatilishi
Telekanal SBS TV
Translyatsiya davri Boshlanish sanasi: 12.03.2003 — Tugash sanasi: 05.02.2004

Samoviy ishq dramasi rejissyor Li Jang Suning „Osmon trilogiyasi“ning ikkinchi asari boʻlib, unga 2001-yilda "Goʻzal kunlar" va 2006-yilda "Osmon daraxti" filmlari kiradi. Drama mashhur boʻldi va oʻrtacha tomoshabinlar reytingida 38,8 % va final uchun 45,3 % natijani oldi[2].

Tahlil

tahrir

Han Jung-suh (Choi Ji-vu) va Cha Song-ju (Kvon Sang-vu) bolalikdagi doʻstlar va sevgiga aylanadigan oʻziga xos rishtalarga ega juftlik. Ularning ikkalasi ham yaqinlaridan ayrilish dardini birga baham koʻrishadi: Song-juning otasi yoʻl-transport hodisasida, Jung-suhning onasi esa koʻz saratonidan vafot etadi. Jung-suhning otasi (Ha Jae-young) Tae Mi-ra (Li Hui-hyan) ismli aktrisaga uylanadi. U oʻzining haqiqiy qizi Han Yu-ri (Kim Tae-hi) va oʻgʻli Han Tae- hva (Li Van)ni uyiga olib keladi. Yu-ri Jung-suhni qizgʻanadi va onasini ham unga qarshi qilib qoʻyadi. Jung-suhning otasi ishga ketganda, oʻgay onasi unga qoʻl koʻtaradi. Yashirincha uni azoblashadi. Oʻgay onasi Jung-suhning Song-Ju bilan chet elda oʻqishga urinishlarini toʻxtatadi, keyin u yolgʻiz Amerikaga joʻnab ketadi. Mi-ra, Yu-ri uchun oilaviy boyligining vorisi boʻlgan Song-juning mehrini qozonish rejalarini tuzadi. Bu vaqt ichida Jung-suh Tae-hvani yolgʻiz ekanligiga achinadi va unga yaxshi munosabatda boʻlishga harakat qiladi, lekin u uning doʻstligini boshqacha tushinib, uni sevib qoladi. Ammo qiz hech qachon oʻgay akasining sevgisini qabul qilmaydi.

Oradan uch yil oʻtgach, Song-ju (Kvon Sang-vu) Amerikadan qaytib keladi va Jung-suh (Choi Ji-vu) uni kutib olishga shoshiladi. Hasadgoʻy oʻgay singlisi Yoo-ri (Kim Tae-xi) ularning uchrashishiga xalaqit berishga harakat qiladi. Ular aeroportga shoshib ketayotganida, Yu-ri ataylab Jung-suhni mashinasi bilan urib yuboradi. Jung-suh kasalxonaga olib ketiladi, u yerda bir guruh odamlar yongʻinda vafot etgan boʻladi. Yu-ri Jung-suhning guvohnomasini odamlardan biri bilan almashtirib, uning oʻlimini soxtalashtiradi. U haqiqiy Jung-suhni kambagʻallikda hayot kechirayotgan haqiqiy otasining uyiga olib boradi. Tae-hva singlisi Yu-ridan Jung-suhni nima qilganligini soʻraydi. Yu-ri hammasini aytib beradi va Tae-hva qizni olib bu yerlardan uzoqroqqa ketadi, uning ismini ham oʻzgartiradi. Jung-suh avtohalokat sabab xotirasini yoʻqotadi.

Besh yil oʻtgach, Yu-ri tez orada Song-ju bilan unashtiriladi. Song-ju Jung-suhni unutishim kerak deb qaror qiladi va ular bolaligida minib oʻynagan karusel yoniga boradi. U Jung-suhni yana bir bor koʻrishni xohlaydi, boshini koʻtaradi va uni karuselda koʻradi. Hozirda Kim Ji-Su ismli Jung-suh Tae-hva (hozirgi Chul-su) bilan yashab, kichik kiyim doʻkonida ishlaydi. Song-ju Ji-suning oldiga yuguradi va uning Jung-suh ekanligini aytadi, lekin u xotirasi yoqolgani sabab eslay olmaydi va unga ishonmaydi. Song-ju uning oʻtmishini eslatishga qaror qiladi va bir qator voqealar orqali u va Jung-suh yaqin boʻlib qolishadi.

Yuri uni mashinasi bilan yana urib yuborgach, Jung-suh xotirasini tiklaydi va buni Song-juga aytishga shoshiladi. U Tae-hvani kechiradi, chunki u buni ilojsizlikdan qilganini tushinadi. Jung-suh va Song-ju koʻz saratoni borligini aniqlamaguncha birga baxtli hayot kechirib boshlashadi. Kasallik aniqlangach, u Tae-hvadan uni Song-juning yonidan olib ketishni soʻraydi, chunki uning azoblanishini sevgan kishisi koʻrishini hohlamaydi. Asta-sekin Jung-suhning koʻrish qobiliyati yomonlashib, koʻzlari koʻrmay qoladi. Tae-hva Song-ju va uning oilasiga baxtsiz hodisadan boshlab barcha haqiqatni aytadi. Yu-ri hibsga olinadi. Onasi esa aqldan ozadi va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.

Song-ju onasi va otasining roziligi bilan hozir koʻr boʻlgan Jung-suh bilan oila qurmoqchi boʻladi. Jung-suh Tae-hvaga uning yagona istagi Song-Juning yuzini oxirgi marta koʻrish ekanligini aytadi. Song-ju ham, Tae-hva ham shifokordan Jung- suhga oʻzlarining shox pardasini oʻtkazishni talab qilishadi. Lekin shifokor ularga jonli donorlardan shox pardani ololmasligini tushintiradi. Tae-hva har qanday holatda ham uning xohishini amalga oshirishni xohlaydi va shox pardasini unga berish uchun uyushtirilgan avtohalokat tufayli oʻz joniga qasd qiladi. Tae-hvaning oʻlimidan keyin Jung-suh operatsiya qilinadi va yana koʻra oladi. Biroq, Song-ju Tae-hvaning oʻlimidan xabar topadi va keyinroq Jung-suhga aytadi. U yana kasal boʻla boshlaydi va shifokor oʻsimta uning miyasiga tarqalib ketganini va operatsiya qilish mumkin emasligini aytadi. Bu onasini oʻldirgan oʻsha tuzalmas kasallik boʻlib chiqadi. Jung-suh vafoti yaqin ekanligini tushunib, Tae Mi-ra va Yu-rini Tae-hva uchun kechirib yuboradi. Ular ham Jung-suhga nisbatan qilgan adolatsizliklari uchun pushaymon boʻlib, undan kechirim soʻrashadi. Bir necha kundan keyin Jung-suh oʻzining dengiz boʻyidagi bolalik uyi yaqinida, Song-juning yonida vafot etadi. Yakuniy sahna oxirida okean boʻyi tasvirlanadi, plyaj uyida Song-ju pianino chalayotgan boshlangʻich sahnaga qaytadi. U shunday deydi: „Ehtimol, u kishi (Tae-hva) oʻsha qizni (Jung-suh) mendan koʻra koʻproq sevgandir. Lekin men buni aytsam ham, bu men uni kamroq sevganimni anglatmaydi“.

Rollarda

tahrir

Asosiy

tahrir

Qoʻshimcha rollarda

tahrir

Ishlab chiqarish

tahrir

Seuldagi „Lotte World“ dam olish majmuasi yaʼni karusel, muz maydonchasi va suratga olish joyi Cha Song-juning oilaviy biznesining markazi sifatida ishlatilgan[3].

Moslashuvlar

tahrir
Yil Mamlakat String Ism
2006-yil Xitoy "Fēng Yīyàng Lí Qù" (Shamol kabi ketdi)
2009-yil Filipin GMA tarmogʻi "Jannatga eltuvchi zinapoya"
2011-yil Indoneziya MNCTV Sejati lentasi
2016-yil Kambodja CTN TV "Thansuokr Sne" (Haqiqiy sevgi)
2016-yil Rossiya Piervy kanali "Jannatga eltuvchi zinapoya"

Sountrektlar

tahrir
  1. Shopenning fortepiano kontserti. Romanza
  2. „Jannat xotiralari“ (Koreyscha: Cheongugui Gi-eok) — Jang Jung-vu
  3. „Lethe“ (Koreyscha: Rette) — Kang Vu-jin
  4. „Ave Mariya“ — Rebekka Luker
  5. „Bu yagona“ (Koreyscha: Geugeotmaneun) — Jang Jung-vu
  6. „Forever“ (Koreyscha: Eonjekkajina)
  7. „Faqat Men Sen uchun“ (Koreyscha: Na Man Eh Nuh) — Kim Xyun-ah
  8. „Eslab qoling“
  9. „Gʻamgin sevgi“ (Koreyscha: Seulpeun Sarang)
  10. „Goʻzal senga“ (Koreyscha: Areumda-un Neo-ege) — Oy Ji-hvan
  11. „Men seni himoya qilaman“ (Koreyscha: Neoreul Jikilkke)
  12. „Men seni sogʻindim“ (Koreyscha: Bogoshipda) — Kim Bum-su
  13. „Bu oxir emas“ (Koreyscha: Kkeuchi Animeul)
  14. Jannat xotiralari (Koreyscha: Cheongugui Gi-eok) — Park Muk-hvan
  15. „Garchi men dunyoning oxirida boʻlsam ham“ (Koreyscha: Sesang Kkeute Seo Isseodo)
  16. „Vaʼda“ (Koreyscha: Yaksok)
  17. „Bu yagona“ (Koreyscha: Geugeotmaneun) — Park Muk-hvan
  18. „Jannatga eltuvchi zinapoya“
  19. „Bania u cygana“ — Zero

Xalqaro translyatsiya

tahrir

2004-yilda film translyatsiya huquqi Yaponiyaga ₩1.2 billion evaziga sotilgan, bu koreys dramasi eksporti uchun rekord narx boʻldi[4]. U Fuji TV -ning „Saturday Hallyu Wide Hour“ dasturi bir qismi sifatida efirga uzatildi[5]. Birinchi epizod 6 % dan 8 % gacha tomoshabinlar reytingidan joy oldi va yana 12 % gacha reytinglarga ega boʻldi[6][7]. Bundan tashqari u 2005-yil 4-iyundan 29-oktyabrgacha KNTV kabel kanalida ham efirga uzatildi[8] 2007-yil may oyida TV Asahi estrada shousi „SMAP Station“ tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, „Stairway to Heaven“ Yaponiyada uchinchi eng mashhur koreys dramasi boʻldi[9].

Drama 2004-yil 2-maydan 27-iyungacha HTV9 telekanalida Vetnamda namoyish etilgan.

U 2005-yilda Filippinda GMA tarmogʻida efirga uzatildi. Shu vaqt mobaynida u eng yuqori: 41,5 % va oʻrtacha 36,1 % tomoshabinlar reytingini oldi. Bu natija uni mamlakatdagi barcha davrlardagi eng yuqori reytingli dasturlardan biriga aylantirdi. Serial 2015-yil 28-sentabrdan 27-noyabrgacha 10 yildan soʻng takroriy namoyishga qoʻyildi. Serial 2020-yil 23-noyabrdan 2021-yil 1-yanvargacha GMA News telekanalida qayta koʻrsatildi va kerakli joylari qayta taʼmirlandi.

2005-yilda dramani translyatsiya qilish (Boshqa davlatlarda efirga uzatish) huquqi Lotin Amerikasidagi sakkizta davlatga, jumladan Meksika, Peru va Kosta-Rikaga sotildi[10].

Film 2004-yilda Indosiar telekanalida Indoneziyada namoyish etilgan va oʻsha paytdagi eng mashhur koreys seriallaridan biriga aylangan. 2006-yilda Tailandda 3-kanalda namoyish etilgan[11].

Manbalar

tahrir
  1. Kim. „Korean actor wows Japan“. Korea JoongAng Daily (14-dekabr 2004-yil). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2013-yil.
  2. „Stairway to Heaven | More Info“ (inglizcha). Crunchyroll. 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2018-yil.
  3. „Korean TV Drama: Stairway to Heaven“. Korea Tourism Organization. 30-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2012-yil.
  4. Shin. „Keeping the Korea Wave washing onto Asian shores“. Korea Creative Content Agency via Hancinema (26-avgust 2004-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2014-yil.
  5. Kim. „Korean Wave: The New Generation“. 10Asia (23-aprel 2010-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2013-yil.
  6. „TV drama starring Choi Ji-woo records 20.6% viewership in Japan“. KBS Global (16-yanvar 2006-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2013-yil.
  7. Kim. „Quake or shine, Japanese want kimchi TV“. The Korea Herald via Hancinema (24-may 2005-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2014-yil.
  8. „Kntv ドラマ 天国の階段“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
  9. Winter Sonata, The Most Popular Korean Drama in Japan“. Hancinema (2-iyul 2007-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2013-yil.
  10. „Korean Drama to Air in Central and South Americas“. Arirang News (12-sentabr 2005-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2014-yil.
  11. „Stairway To Heaven – ฝากรักไว้ที่ปลายฟ้า“ (taycha). blike.net (2006-yil 11-mart). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2015-yil.