Samodiy tillari

Til oilasi
(Samoyed tillaridan yoʻnaltirildi)

Samodiy tillari, samoyed tillari — ural tillari oilasi tarkibidagi tillar guruhi; hozirgi nenets, enets, nganasan va selkup, shuningdek, aslida yoʻqolib ketgan, "ulik" kamasin, motor, karagas kabi tillarni qamrab oladi. Rossiya Federatsiyasining shim. Yevrosiyo qismida, Sibir gʻarbida Yenisey va Ob daryolarining oʻrta oqimida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar sonining kamayib borishi kuzatiladi: ular 1970-yilda 34 ming kishidan ortiqroq, 1980-yil boshlarida 27 ming kishi bulgan. Sintaktik qurilishi, yaʼni ran bulaklarining tartibi koʻp jihatdan turkiy tillardagiga oʻxshaydi (ega — toʻldiruvchi — kesim; aniklovchi — aniklanmish kabi). Leksikasida tungusmanjur, moʻgʻul, turkiy va rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp uchraydi.

St. ning hammasi uchun ham yozuv yaratilmagan: rus grafikasi asosidagi yozuv nenets tilida oʻtgan asrning 30y.laridan mavjud; selkup tilida bir qancha muddat shunday yozuvda oʻquv adabiyotlari chop etilgan boʻlsada, boshqa St. oʻz yozuviga ega emas.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil