Samsun
Samsun — Turkiyaning shim. qismidagi shahar. Samsun elining maʼmuriy markazi. Aholisi 362,7 ming kishi (2000). Qora dengizning Samsun qoʻltigʻi sohilidagi port. Tamaki yetishtiriladigan rayonning savdotransport markazi. Oziqovqat, tamaki, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Mis eritish zavodi, universitet bor. Baliq ovlanadi. Shahar mil.av. 6-asrda bunyod etilgan va Amisus deb atalgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |